21:53 / 01.03.2021
1 880

LG kompaniyasi oynachaga ega, o‘raladigan televizorni o‘ylab topdi

LG kompaniyasi oynachaga ega, o‘raladigan televizorni o‘ylab topdi
LG kompaniyasi zarurat tug‘ilganida ixcham taglikka to‘liq «yashirinadigan», kichik oynaga ega televizorini patentladi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: LetsGoDigital
LG odatdagi yupqa panellar g‘oyasidan chekinib, televizorlar shakli va konstruksiyasi ustidagi tajribalarini davom ettirmoqda. Kompaniya avvalroq ekrani ixcham qutiga joylashadigan o‘zining birinchi «rulon-televizori»ni taqdim etgandi. Aftidan, kompaniyaga ushbu g‘oya yoqqan ko‘rinadi.

Mazkur g‘oyani rivojlantirishning keyingi bosqichidan kichik oynaga ega o‘raladigan ekran o‘rin olgan. Ushbu oynada displeyning vaqt, ob-havo va boshqa qo‘shimcha ma’lumotlar namoyish etiladigan qismi joylashadi. LG hozirda konstruksiyani patentlagan, shu sababli bu kabi televizorlar tez orada sotuvda paydo bo‘lib qolishi mumkin.

Foto: LetsGoDigital
Asosiy g‘oya o‘zgarishsiz qolmoqda — naysimon shaklda o‘raladigan matritsali televizor. Ushbu ekran tom ma’noda korpusdan chiqib keladi, yig‘ilgan holatda esa uydagi dekorativ element vazifasini bajaradi.

Ta’kidlanishicha, bu turdagi televizorlar sotuvga chiqsa, cheklangan miqdorda bo‘ladi va juda qimmat turadi. LG’ning oddiy «rulon-televizori» Janubiy Koreyada 88 ming dollar qiymatida sotuvga chiqqan edi. CES 2021 ko‘rgazmasida esa kompaniya uning shaffof ekranga ega modifikatsiya qilingan versiyasini namoyish etgandi, biroq hozircha u sotuvda yo‘q.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » LG kompaniyasi oynachaga ega, o‘raladigan televizorni o‘ylab topdi