09:24 / 19.02.2015
7 907

Barak Obama: AQSh internetga egalik qiladi

Barak Obama: AQSh internetga egalik qiladi

Barak Obama Evropadagi davlatlar hukumatlarining Evropa fuqarolarining shaxsiy hayotini go‘yoki AQShning Google va Facebook kabi IT-kompaniyalari muntazam ravishda buzayotganligidan himoya qilishga intilishlari haqiqatda bir bahonadir deb aytmoqda. Haqiqatda Evropa davlatlari bu sohada faoliyat yurituvchi mahalliy kompaniyalar uchun maqbul sharoitlarni yaratib berishga harakat qilishmoqda.

AQSh prezidenti Barak Obama Evropa Ittifoqini mahalliy yuqori texnologik kompaniyalarni himoya qilishga qaratilgan proteksionizmda (biror davlatning o‘z milliy iqtisodiyotini chet el raqobatidan himoya qilishga qaratilgan iqdisodiy siyosati) ayblamoqda. U bu haqdagi fikrlarini Re/code nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Biz internetga egalik qilamiz. Bizning kompaniyalar unga asos solgan, rivojlantirgan va mukammalikning shunday darajasiga erishganlarki, Evropa kompaniyalari bu borada bizning kompaniyalar bilan raqobat qila olmaydi. Bunday qayg‘urish ostida aslida tijoriy manfaatlarning himoyasi yotadi”, deydi Obama.

Evropa davlatlari hukumatlarining Obamaning bu so‘zlariga javoblari o‘zini kutdirib qo‘ymadi.

“Regulyatorlar faqatgina bizning kompaniyalarning rivojlanishini osonlashtirish uchuyon mavjudligi haqidagi fikr aqlga sig‘maydigan narsadir. Aksincha, bu sohani nazorat qilish xorij kompaniyalariga bizning bozorga chiqishini osonlashtiradi. Hamma uchun yagona qoidalarning mavjudligi, aksincha, AQSh kompaniyalariga qo‘l keladi”, deb aytib o‘tdi EI matbuot kotibi.

Oxirgi yillar davomida Evropa davlatlari hukumatlari Evropada AQShning yuqori texnologik kompaniyalarining faoliyatini bir necha bor zaiflashtirishga harakat qilishgan. Bunda ular AQShning Milliy xavfsizlik agentligi va Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq xodimi Edvard Snoudenning bu kompaniyalarning total kuzatuv dasturlarida ishtirok etishi haqidagi ma’ulomatlari, soliq to‘lovlarini qisqartirish uchun qonundagi nozik joylardan foydalanish va bozordagi etakchiliklarini ro‘kach qilganlar.

Google kompaniyasi evropalik regulyatorlarning asosiy nishoniga aylandi. Evropada 2010 yilda bu kompaniyaga nisbatan antimonopol taftish (qidiruv tizimlari bozorida haddan tashqari katta ulushga egaligi bo‘yicha) o‘tkazilgan. Joriy yilning fevral oyi boshlarida Evropa davlatlari hukumatlari Google’ning yangi “unutib yuborish qonuni”ni (qidiruv kompaniyalarini foydalanuvchilar haqidagi ma’lumotlarni ularning iltimoslari bilan o‘chirib tashlashga majburlaydi) bajarmayotganligi uchun ushbu kompaniyaga nisbatan yangi taftishlar o‘tkazish bilan tahdid qilmoqda.

2014 yilning noyabrida Evropa parlamenti ko‘pchilik ovoz bilan Google’ning biznesini qidiruv va uning qolgan boshqa bizneslari bilan shug‘ullanuvchi ikkita kompaniyaga bo‘lish tashabbusini ma’qulladi. Evropa davlatlari hukumatlari bunday chora IT-bozorining mahalliy kompaniyalariga o‘sishlarida ko‘mak berib, ularning yillik daromadini 260 mlrd evrogacha ko‘tarilishini ta’minlaydi, deb hisoblaganlar.

AQShning Demokratlar va Respublikachilar partiyalari bunday qarorni keskin qarshi olishgan hamda Evropada AQShning IT-kompaniyalari kelgusi taqdiriga xavotir bildirishgan.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Barak Obama: AQSh internetga egalik qiladi