Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi IT-mutaxassislarining Sovet Ittifoqining sobiq hududlariga ketishga majbur qilmoqda. Paxta yetishtirish bilan mashhur bo‘lgan O‘zbekiston hukumati iqtisodiyotni modernizatsiya qilish rejalari fonida ularni jalb qilmoqda.
24 fevralda Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan so‘ng O‘zbekiston IT-mutaxassislari va kompaniyalari uchun ko‘chirish dasturini juda tezlik bilan ishga tushirdi.
- Muntazam ravishda elektr ta’minoti uzilishi, Twitter va TikTok kabi mashhur ilovalar bloklab qo‘yilgan O‘zbekiston texnologik bum uchun ehtimoliy nomzod bo‘lib ko‘rinmaydi, — deydi WION
Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, vizalar, jismoniy shaxslarga uy-joy va bolalar parvarishi, ro‘yxatdan o‘tishda yordam berish va kompaniyalarga soliq imtiyozlarini taqdim etuvchi dastur allaqachon 2000 ga yaqin xorijlik IT-mutaxassislarini jalb qilgan.
Bular qatorida Rossiya fuqarosi Anastasiya Markova ham bor. U yaqinda Toshkentdagi IT-parkida jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha menejer bo‘lib ish boshladi.
22 yoshli Markova aprel oyida Rossiyada turmushga chiqishi kerak edi, biroq u qallig‘i bilan Moskvadan Toshkentga kelishga majbur bo‘ldi. Uning qallig‘i ham Toshkentdagi IT-parkda kompaniya xodimi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. Hozirda ular Toshkentda yashash uchun doimiy joy qidirmoqda.
Markovaning aytishicha, O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan o‘ttiz yil o‘tgan bo‘lsa-da Toshkentda rus tili keng tarqalgan va u o‘zini shaharda juda qulay his qilmoqda.
- Mamlakat bizni o‘z mamlakati sifatida qabul qildi. O‘zbekiston xalqi juda do‘stona va mehmondo‘st, — deydi u.
Toshkentdagi IT-parkda 550 ga yaqin kompaniya joylashgan. 2028 yilga borib O‘zbekiston IT-texnologiyalari eksportini 1 mlrd dollarga yetkazishni reja qilgan. Bu esa 2021 yilgi ko‘rsatkichdan 25 barobar ko‘pdir.
IT-park allaqachon TashRush deb nomlangan ko‘chirish dasturidan foydalanmoqda.
- Bu nom biz guvoh bo‘layotgan hodisaga eng mos bo‘lib tuyuldi, — deydi park direktori o‘rinbosari Bahodir Ayupov.
Rossiya Elektron Aloqa Assotsiatsiyasining 22 mart kuni ma’lum qilishicha, 50-70 ming mutaxassis Rossiyani tark etgan va shu oyda yana 100 mingga yaqin mutaxassis mamlakatdan chiqib ketishi mumkin.
- O‘zbekiston bu sohani rivojlantirish bo‘yicha boshqa sobiq Sovet davlatlaridan orqada qolgan. Mamlakatda kech qishda energiya tanqisligi kuzatiladi. Ayni paytda hatto Toshkentda ham elektr energiyasining uzilishi noodatiy hol emas, — deyiladi tahlilda.
O‘zbekiston hukumati o‘tgan oy Skype aloqa platformasidan uzoq muddatli blokirovkani olib tashladi.
Taxminan 35 mln aholiga ega O‘zbekistonda Twitter, TikTok va «VKontakte» ijtimoiy tarmoqlari bloklangan.
Bunday qiyinchiliklarga qaramay, rossiyaliklarning bir qismi vatanga qaytgandan ko‘ra, O‘zbekistonda qolishni afzal ko‘rishlarini aytishmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi