Ko‘pchilik retseptsiz sotiladigan vitaminlar va biologik faol qo‘shimchalarni so‘zsiz afzalliklarga ega deb o‘ylaydi. Ammo ulardan ba’zilarini xarid qilish pulni behuda sarflashdir, eng yomoni esa sog‘liq uchun zarar yetkazishi mumkin.
Multivitaminli komplekslar
Foto: Adobe Stock
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, multivitaminlarning samarasi monovitaminlarga qaraganda ancha kam. Bundan tashqari, multivitaminli komplekslar o‘rniga diyeta qilish ham mumkin. Doktor Devid Jenkinsning so‘zlariga ko‘ra agar multivitaminlardan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, u zarar qilmaydi, lekin u foyda keltirmasligi ham aniq. Kerakli vitamin va minerallarni olish uchun sog‘lom ovqatlanishga tayanish eng foydali hisoblanadi. sabzavotlar, mevalar va yong‘oqlar shular jumlasidan.
«Toksinlarni tozalash» uchun biologik faol qo‘shimchalar
Foto: Adobe Stock
«Detoks» deb ataladigan mahsulotlar bozori juda katta, ammo bu bekorchi narsalarga pul sarflashdir. Organizm (sog‘lom holatda) o‘zi toksinlarni filtrlash va to‘liq tozalashga qodir. «Tabiiy detoks uchun sizga kerak bo‘lgan yagona narsa bu jigar va buyraklardir. Va agar ular to‘g‘ri ishlamasa, tibbiy yordamga murojaat qilishingiz kerak», — deydi toksikolog Rayan Marino.
D vitamini tabletkalari
Foto: Adobe Stock
Shifokor retseptisiz qo‘shimcha D vitamini qabul qilish nafaqat ma’nosiz, balki xavfli hamdir. D vitaminining haddan tashqari ko‘p dozasi organizmda intoksikatsiyaning og‘ir belgilarini keltirib chiqarishi mumkin.
Omega-3
Foto: Adobe Stock
Omega-3 kapsulalari hech qanday foyda keltirmaydi. «Bizda tabiiy omega-3 aminokislotalarini qo‘shimcha sifatidagi kapsula bilan almashtirish foydali ekanligi haqida hech qanday dalil yo‘q», — deydi Garvard maktabi dotsenti Piter Koen.
Omega-3 olish uchun yog‘li baliq, o‘simlik moylari va yong‘oqlarni muntazam ravishda iste’mol qilish kifoya.
Vitamin C tabletkalari
Foto: Adobe Stock
Tabletkalardan ko‘ra oziq-ovqatdan o‘zlashtiriladigan yana bir vitamin. «Haddan tashqari ko‘p iste’mol qilingan C vitamini antioksidantlarini prooksidantlarga aylantirishi mumkin (tana hujayralariga zarar yetkazadi), diareya haqida gapirmasa ham bo‘ladi», — deydi diyetolog Beteni Tayer. C vitaminiga boy mahsulotlarga sitrus mevalar, karam, bulg‘or qalampir, pomidor va ko‘katlar kiradi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi