Foto: «Noviy ochag»
Qonda shakar miqdori bilan birgalikda, kayfiyat, vazn va energiya ham o‘zgaradi. Ammo shakar darajasini nazorat qilish bir vaqtning o‘zida organizm va ongni muvozanatlashda yordam beradigan juda oddiy usullar mavjud, deb yozadi «Noviy ochag».
Nima uchun organizmdagi glyukoza darajasini nazorat qilish kerak?
Glyukoza mushaklarni quvvatlantiradigan va miyaning ishlashini ta’minlaydigan yoqilg‘idir. Agar organizm to‘g‘ri ishlayotgan bo‘lsa (ehtimol, to‘g‘ri turmush tarzi tufayli), gormonal tizim shakar miqdorini barqaror ushlab turadi. Natijada organizm qulay rejimda ishlaydi — hech qanday qo‘shimcha kuch sarflamasdan o‘qish, ishlash yoki yugurish mumkin. Agar gormonal tizimda muammo bo‘lsa, unda shakar darajasi keskin ko‘tarilib tusha boshlaydi. Natijada, shirinlik va chipslarga bo‘lgan ishtiyoq paydo bo‘ladi, shuningdek, charchoqni ham his qilish mumkin.
Agar qandli diabet tashxisi qo‘yilgan bo‘lsa, bunday o‘zgarishlar yurak-qon tomir va buyrak kasalliklariga olib kelishi mumkin. Qolaversa, stress, harakatsiz turmush tarzi va shirinlik iste’mol qilish odatini hisobga olmaganda, foydali mahsulotlar ham shakarning ko‘tarilishiga olib keladi.
Qonda shakar miqdorining organizmga ta’siri
Salomatlikka
Ko‘p shakar iste’mol qilish qandli diabetning bevosita sababi bo‘ladimi yoki yo‘qmi, noma’lum, ammo ortiqcha kaloriyalar kilogramm ortishiga olib keladi. Semirib ketish esa kasallikning rivojlanishidagi asosiy xavf omillaridan biridir. Agar ikkinchi toifa diabet yoki diabetdan oldingi kasallik bo‘lsa, organizmda insulin bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelsa va qondan shakarni tozalay olmasa, glyukoza to‘planib, tomir va asab tolalariga zarar yetkazishi mumkin.
Yopishqoq massa qon tomirlarining devorlariga joylashsa yoki organizmning to‘qimalarini tashkil etuvchi oqsillar atrofida to‘plansa, organlarning faoliyatiga ta’sir qiladi. Natijada yurak-qon tomir kasalliklari, ko‘rish qobiliyatining susayishi va buyraklar bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Shifokorlar xuddi shu jarayonni organizmning salomaligiga putur yetkazadigan surunkali yallig‘lanish jarayonlari bilan bog‘laydi.
Energiyaga
Glyukoza organizm uchun energiya manbai hisoblanadi. Bu miyaning ishlashi va organizmning harakatlanishi uchun zarurdir. Ammo glyukozaning qonga kirishi sekin bo‘lishi kerak. Misol uchun, agar konfet iste’mol qilgandan so‘ng organizm shakar miqdorini sezilarli darajada oshirsa, qondagi glyukoza darajasi keskin ortadi. Taxminan yarim soat ichida energiya ko‘payganini his qilish mumkin. Ammo yana 30 daqiqadan so‘ng boshqa muammo boshlanadi.
Insulin intensiv ravishda ishlab chiqariladi, glyukozani o‘zlashtiradi va natijada uning qondagi darajasi avvalgidan ham tushib ketadi. Ochlik va charchoq hissi paydo bo‘ladi.
Kayfiyatga
Glyukoza darajasi juda past bo‘lsa, gormonal tizim glyukozani organizmning zahiralaridan tashqariga boshlaydi. Bu jarayon, boshqa narsalar qatori, stress gormonlari kortizol va adrenalinni o‘z ichiga oladi, shuning uchun siz bezovtalanish, asabiylashish kuzatiladi. His-tuyg‘ularni nazorat qilish qobiliyatining pasayishi, ochlik vujudga keladi. 2014 yil AQSHda o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, past glyukoza darajasi g‘azab va tajovuz ehtimolini oshiradi, bu ko‘pincha turmush qurganlar orasida kuzatilgan.
Vaznga
Oddiy uglevodlar bir zumda hazm qilinadi, organizm juda ko‘p insulin ishlab chiqaradi. Shakar keskin pasayishi tufayli yog‘ hujayralari yog‘ kislotalarini ovlashni boshlaydi. Ammo qonda shakar va yog‘ kislotalari kamligi uchun organizm ochlik signalini beradi. Bu oxir-oqibat ortiqcha ovqatlanish va kilogramm ortishiga olib keladi.
Glyukoza miqdorini qanday nazorat qilish kerak?
To‘g‘ri ovqatlanish — bu glyukoza darajasini nazorat qilish imkonini beruvchi vositalardan faqat biri. Muvozanatni saqlash uchun boshqa qoidalarga amal qilish lozim.
Ko‘proq harakat
Jismoniy faollik to‘g‘ri ovqatlanish bilan birga yana bir zarur element hisoblanadi. Agar muntazam ravishda harakat qilinsa, hujayralar insulinni qabul qiladi va organizmdagi barcha tizim samarali ishlaydi. Shuningdek, bir vaqtning o‘zida bir necha soatlab o‘tirmaslik lozim — bu qonda shakarning ko‘payishi xavfini oshiradi, muntazam ravishda mashq qilinsa ham. Har soatda ish joyidan turish va kamida 3-4 daqiqa yurish tavsiya etiladi.
Sog‘lom uyqu
Qonda shakarning barqaror darajasi uchun yana bir zarur shart — bu sog‘lom uyqudir. Agar uyqu sifati yaxshi bo‘lmasa, insulin sezgirligi pasayadi. Olimlar nima uchun buning sodir bo‘lishini aniqlay olmaydi. Ammo tabiiy sirkad ritmlari qonda shakar darajasini tartibga solishda muhim rol o‘ynaydi, deb hisoblashadi va agar ular bilan bog‘liq muammo bo‘lsa, shakar almashinuvi ham buziladi.
Stress darajasi
Qandli diabetga chalingan odamlar muntazam ravishda qondagi glyukoza miqdorini o‘lchaganlarida, agar stressga duchor bo‘lsa, uning qiymati oshishi aniq.
Muammo shundaki, zamonaviy stresslar ko‘pincha jismoniy faoliyatni talab qilmaydi. Ko‘pgina hollarda, yugurish yoki jang qilish shart emas, ya’ni shakar ishlatilmaydi va uning darajasi doimiy ravishda yuqori bo‘lib qolaveradi. Bu asabiylikni keltirib chiqaradigan ish bilan shug‘ullanadiganlar uchun jismoniy faoliyat foydasiga yana bir dalil.
Qonda shakar miqdorini tekshirib turish kerakmi?
Qonda shakarning ortishi hech qanday tarzda o‘zini namoyon qilmaydi va u faqat qon tahlili bilan aniqlanishi mumkin. Yiliga bir marta tekshiruvdan o‘tish va ayniqsa, 45 yoshdan keyin ko‘rsatkichlarni diqqat bilan kuzatib borish lozim. Agar raqamlar tartibda bo‘lsa, tinchlanish mumkin. Bordiyu, bezovta qiluvchi o‘zgarishlar bo‘lsa, shifokor nima qilish kerakligini va qachon qayta tekshiruvdan o‘tish kerakligini aytadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi