date

Yuz yogasi: tabiiy go‘zallik va yoshlikni asrab qolish usuli

Yuz yogasi: tabiiy go‘zallik va yoshlikni asrab qolish usuli
Har bir inson barvaqt qarishni kechiktirish, uzoq yillar davomida go‘zal va jozibador ko‘rinishni orzu qiladi. Shu bois, so‘nggi yillarda yuz yogasiga qiziqish tobora ortayotir. Yuz yogasi nafaqat tabiiy, balki iqtisodiy jihatdan ham qulay bo‘lib, u yuzdagi mushaklarni mustahkamlashga qaratilgan maxsus mashqlar to‘plamidan iborat.

Muttasil ravishda qo‘llanilganda, yuz yogasi ajinlarning kamayishiga, terining ravshan va tarang ko‘rinishiga yordam beradi. Bu yo‘nalish hozirda tabiiy "qarishga qarshi" vosita sifatida ham e’tirof etilmoqda.

Yuz yogasi aslida nima? U — yuz mushaklarini harakatga keltirish, qon aylanishini kuchaytirish va teriga sog‘lom ko‘rinish bag‘ishlashga xizmat qiladigan mashqlar majmuasidir. Inson yuzida taxminan 40 ta mushak mavjud bo‘lib, ularning ko‘p qismi kundalik hayotda to‘liq faoliyat ko‘rsatmaydi. Yuz yogasi orqali esa ana shu mushaklar ishga tushiriladi va natijada yuz yanada siqiq, yosh va sog‘lom ko‘rinadi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, agar mashqlar muntazam va to‘g‘ri bajarilsa, terida sezilarli o‘zgarishlar ko‘zga tashlanadi. Yuzdagi tabiiy rang tiklanadi, qon aylanishi yaxshilanadi, hamda inson o‘zini ruhan ham yengil va barqaror his qiladi.

Yuz yogasiga qiziqishning yana bir sababi — u ximiyaviy vositalar yoki qimmat kosmetik muolajalarsiz, to‘g‘ridan to‘g‘ri natija berishi bilan bog‘liq. Ayniqsa, tabiiy yo‘l bilan go‘zallikni asrab qolishni xohlaydiganlar uchun bu usul ajoyib imkoniyatdir.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Yuz yogasi: tabiiy go‘zallik va yoshlikni asrab qolish usuli