Sovuq kunlar boshlanishi bilan ko‘pchilikda lab yorilishi muammosi kuzatiladi. Bu nafaqat tashqi ko‘rinishda noqulaylik tug‘diradi, balki og‘riq, qichishish va qon ketishi bilan ham kechishi mumkin.
Muttaxassislar ta’kidlashicha, lablar tananing boshqa qismlariga nisbatan ancha nozik va himoyasiz bo‘ladi. Shu sababli shamol, sovuq, quruq havo yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri quyosh nurlari ularga tez ta’sir qiladi. Organizmda suv yetishmasligi yoki vitaminlar, ayniqsa A, V, S va Ye vitaminlari kamligi ham lablarning qurib, yorilishiga olib kelishi mumkin.
Shuningdek, lablarni yalash yoki tishlash odati, stress, allergiya, ayrim dori vositalari, og‘iz va lab atrofidagi zamburug‘li kasalliklar ham holatni og‘irlashtiradi. Bunday paytda oddiy gigiyenaga amal qilish, yetarli suv ichish, parhezga vitaminli mahsulotlar qo‘shish va turli asal yoki yog‘li balzamlar qo‘llash yordam beradi. Uzoq davom etuvchi yoki og‘ir hollarda esa shifokor maslahati zarur.
Yorilgan lablar: sabablari va samarali choralari
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar