date

Yaponiya olimlari depressiyaga qarshi yangi molekula yaratdi

Yaponiya olimlari depressiyaga qarshi yangi molekula yaratdi
Yaponiyalik olimlar depressiya va stressga qarshi samarali hisoblangan yangi molekula — PA-915ni yaratishdi. U organizmga kiritilganda PAC1 stress retseptorini to‘liq bloklab, tashvish va tushkunlikni yo‘qotishi, shuningdek, xotirada qolgan salbiy izlarni tozalashi mumkin.

Olimlarning aytishicha, molekula ta’siri ikki oygacha saqlanadi. Hozirgacha o‘tkazilgan tajribalar surunkali stressga duchor qilingan sichqonlarda amalga oshirilgan va ijobiy natija qayd etilgan.

Hozirda preparatni odamlarda sinovdan o‘tkazish uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Mutahassislar bu dori kelajakda depressiyani davolashda muhim qadam bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Ma’lumot uchun: stress — bu tashqi chaqiriqqa organizmning vaqtinchalik fiziologik va psixologik javobidir. Depressiya esa uzoq davom etuvchi qayg‘u hissi, hayotga qiziqishning yo‘qolishi va turli funksional buzilishlar bilan kechadi. U ko‘p vaqt davolanishni talab etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Yaponiya olimlari depressiyaga qarshi yangi molekula yaratdi