date

Qon bosimini oshiradigan asosiy 5 sabab

Qon bosimini oshiradigan asosiy 5 sabab
Qon bosimi inson salomatligida eng muhim ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Uni oshiradigan bir nechta omillar mavjud bo‘lib, ular yurak-qon tomir kasalliklariga olib kelishi mumkin.

Birinchi omil — noto‘g‘ri ovqatlanish va ortiqcha tuzli mahsulotlar iste’moli. Qonda natriy miqdorining ko‘payishi tomirlarning qisqarishiga olib keladi, natijada qon bosimi ortib ketadi. Tadqiqotlarga ko‘ra, har yili dunyo bo‘yicha 1,7 million kishi ortiqcha tuz iste’moli sababli yurak va qon tomir kasalliklaridan vafot etmoqda.

Ikkinchi sabab — ortiqcha choy va qahva ichish. Kofein qon bosimini ko‘tarib, yurak urishini tezlashtiradi. Shuning uchun bu ichimliklar miqdorini kunlik ikki piyola bilan cheklash tavsiya etiladi.

Uchinchi omil — semizlik. Yog‘ qatlami tomir devorlarini qattiqlashtiradi va yurakka ortiqcha yuk tushiradi. Bu holat gipertoniya va yurak yetishmovchiligi xavfini oshiradi.

To‘rtinchi sabab — qandli diabet. Ushbu kasallikda buyrak funksiyasi zaiflashadi, bu esa qon bosimi nazoratini izdan chiqaradi va gipertoniya xavfini kuchaytiradi.

Beshinchi omil — jismoniy faoliyatning yetishmasligi. Muntazam harakat qon tomirlarni kengaytiradi va qon bosimini barqarorlashtiradi. Harakatsiz turmush tarzi esa gipertoniya ehtimolini 20–50 foizga oshiradi. Shu bois haftasiga kamida 4–5 marta, 30–45 daqiqalik mashqlar tavsiya etiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Qon bosimini oshiradigan asosiy 5 sabab