Insult — miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi bo‘lib, u o‘choqli yoki umumiy nevrologik belgilarning paydo bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Kasallikning qanday kechishi miya to‘qimalarining qanchalik jiddiy shikastlangani hamda reabilitatsiya jarayoni qanday o‘tganiga bog‘liq.
Foto: Medscape
Insultni boshidan o‘tkazgan deyarli har bir bemor sog‘lig‘iga mas’uliyat bilan yondashish va professional shifokorlar tomonidan tibbiy muolajalarni o‘tkazish orqali umrini uzaytirishi va odatiy hayot tarziga qaytishi mumkin.
Insultni boshdan kechirgan insonlar qancha umr ko‘radi?
Bunga aniq bir javob berish mushkul, chunki har bir inson organizmi kasallikni individual tarzda o‘tkazadi. Biroq insultdan keyingi birinchi haftalar eng xavfli muddat sanaladi. Aynan shu davrda kasallik qaytalanishi va o‘limga olib kelishi holatlari ko‘p uchraydi. Kasallikdan so‘ng inson qanchalik tez sog‘ayishi quyidagi omillarga bog‘liq:
Bemor yoshi
Yosh insonlarning organizmi keksalarga qaraganda kuchliroq va kasallikka bardoshlidir. Bemor qanchalik yosh bo‘lsa, shunchalik tez tuzaladi.
Insult asoratlari
Miyaning qaysi qismi zararlansa, u ishtirok etuvchi nevrologik funksiya ham ishdan chiqadi. Insultni boshdan kechirgan ba’zi insonlar harakat koordinatsiyasi va nutqda qiyinchilikka duch keladi, boshqalar esa tanasining yarmi yoki barchasi butkul ishlamay qolib, to‘shakka mixlanib qoladi. Doimiy to‘shakda bo‘lish esa yotoq yarasi, qon quyuqlashishi va tromblar hosil bo‘lishiga olib keladi. Bunday insonlarda oddiy shamollash o‘pkaga o‘tib, jiddiy pnevmoniyaga aylanib ketishi mumkin. Bunday holatlar, afsuski, bemorning umrining yanada qisqarishiga olib keladi.
Kun tartibini to‘g‘ri tashkillashtirish
Reabilitatsiya jarayonida bemorlarning jismoniy harakat qilishi qiyinlashadi. Shuning uchun yiqilish va turli travmalar olish ehtimolini kamaytirish uchun bemor yotog‘i va yashaydigan joyi xavfsizligini ta’minlash lozim.
Sog‘lom ovqatlanish
Bemor taomnomasiga oqilona yondashuv, zararli ovqat va odatlardan voz kechish reabilitatsiya jarayoni tezroq o‘tishiga yordam beradi.
Shifokor maslahatlariga to‘liq rioya qilish
Dorilarni o‘z vaqtida va tartib bilan qabul qilish, shifokor ko‘rsatmalariga rioya qilish insult qaytalanish xavfini kamaytirishga olib keladi. Chunki ikkinchi bor insultni boshdan kechirgan bemorlar tuzalishi nisbatan murakkab kechadi.
Kuchli iroda
Insultga chalingan insonlardan kuchli iroda va tartibga amal qilish talab etiladi. Shundagina sog‘liqni tiklash va umrni imkon qadar uzaytirishga erishiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi