Katta yoshli insonlarning deyarli 80 foizi vaqti-vaqti bilan bel og‘rig‘idan shikoyat qiladilar. Bunga ko‘pincha harakatsiz hayot tarzi yoki aksincha, og‘ir mehnat, uzoq vaqt og‘irlik ko‘tarib yurish, shamollashlar sabab bo‘ladi.
Bel og‘riganda biz turli mashqlarni bajarishni boshlaymiz yoki uqalash bilan og‘riqni bartaraf etishga harakat qilamiz. Ammo ular doim ham yordam beravermaydi va ba’zan bunday davolash og‘riqni yanada kuchaytirib yuboradi.
Foto: Lisa.ru
Nima uchun ba’zilarga uqalash va sport bel og‘rig‘ida yordam bermaydi?
Ichki organlardagi kasalliklar
Bel og‘rig‘iga mushaklardagi va spazmlar ham sabab bo‘ladi. Turli og‘riqlar aynan kasallik joylashgan hududda emas, balki yondosh organ yoki sohaga og‘riq beradi. Masalan, agar buyraklar yallig‘lansa, ular belning pastki qismida kuchli og‘riqni keltirib chiqaradi. Bemor qanchalik mushaklarni cho‘zishga, mashq va massaj qilishga urinmasin, og‘riq kamaymaydi. Shuning uchun og‘riqning aniq sababini bilish va shundan keyingina davolash ishlarini boshlash muhim. Yurak kasalliklarida ham bel sohasida og‘riq kuzatilishi mumkin. Shu sababli ichki organlarida kasalliklari mavjud bemorlarni tor soha shifokorlarni davolashi lozim.
Turli sabablarga ko‘ra paydo bo‘ladigan o‘simtalar
Bel va uning atrofidagi jiddiy og‘riqlarga o‘simtalar ham sabab bo‘lishi mumkin. Ular yaxshi va zararsiz hamda yomon va kuchayib boradigan turlarga bo‘linadi. O‘simta paydo bo‘lganda u biror nerv qismi yoki mushakka bosim o‘tkazib, og‘riq beradi. Bunday og‘riq bemorning harakatiga bog‘liq bo‘lmaydi va har qanday jismoniy holatda to‘satdan paydo bo‘ladi. Tabiiyki, bunday kasallikda jismoniy mashg‘ulotlar va uqalash yordam bermaydi.
Jiddiy patologiyalar
Foto: Lisa.ru
Umurtqa pog‘onasi ichida gelga o‘xshash suyuqlik mavjud. U umurtqaning moslashuvchanligini ta’minlovchi va shikastlanishdan himoya qiluvchi disklardir. Ammo yosh o‘tishi bilan ular namlikni kamroq o‘zlashtira boshlaydilar va umurtqa pog‘onasi zaiflashadi. Uzoq muddatli jismoniy mashqlar, bir necha soatlab harakatsiz o‘tirish, umurtqa pog‘onasining tug‘ma g‘ayritabiiy holati yoki jarohat bunday jarayonni tezlashtiradi va disklarning shikastlanishiga olib keladi.
Natijada ichki suyuqlik tashqariga sizib chiqadi va umurtqa pog‘onasi churrasi, osteoxondroz, protruziya, spondilez kabi kasalliklar rivojlanadi. Bunday holatda shifokor tomonidan umurtqa pog‘onasi qanchalik jiddiy jarohatlangani hamda yemirilganiga qarab davolash muolajalari amalga oshiriladi.
Listez
Listez kasalligi — umurtqa pog‘onasi qismlarining bir-biriga nisbatan siljishi bo‘lib, quyidagi sabablarga ko‘ra kelib chiqadi:
- Kuchli zarba yoki jarohat tufayli umurtqa pog‘onasining shikastlanishi;
- Umurtqada tug‘ma anomaliya mavjud bo‘lishi;
- Umurtqalar orasidagi diskning yemirilishi (degenerativ jarayon);
- 35 yoshdan keyin ayrim kishilarda rivojlanadigan tabiiy qarish jarayonlari;
- Professional sport, ayniqsa og‘ir atletika bilan shug‘ullanish.
Davolash usullari orasida dori-darmonlar, fizioterapiya, jismoniy mashqlar va jiddiyroq hollarda, jarrohlik aralashuvi kiradi. Har bir holat alohida ko‘rib chiqilishi kerak va mutaxassis shifokor tavsiyasi asosida davolanish lozim.
Boshida bemor listezga chalinganidan xabardor bo‘lmasligi mumkin. Avvaliga kasallik tashqi tomondan hech qanday belgi bermaydi, so‘ng charchoq, bo‘yin va bel qismida harakatlanish uchun noqulaylik tug‘diradi. Kasallik jiddiy tus olgandagina og‘riq bera boshlaydi. Shuning uchun bunday holatda mutaxassis bilan maslahatlashish muhim. Bel og‘rig‘iga olib keladigan va mashg‘ulot hamda massaj bilan tuzatilmaydigan yana bir sabab — shish bilan kechadigan jarohatlardir.
Xulosa qilib aytganda, bel qismida og‘riq paydo bo‘lganda terapevt ko‘rigidan o‘tish, uning sababini tibbiy tahlillar yordamida aniqlash va mutaxassis yordamida davolanish zarur. Uy sharoitida o‘zboshimchalik bilan qilingan mashqlar va uqalashlar ta’sir etmasligi va hatto kasallikni kuchaytirib yuborishi mumkin. Sog‘lig‘ingizga e’tiborli bo‘ling! “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi