date

Silvinyo: Raqibni yaxshi bilamiz

Silvinyo: Raqibni yaxshi bilamiz
Albaniya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Silvinyo Jahon chempionati pley-off bosqichi qur'asi yakuniga ko'ra o'z fikrlarini bildirdi. Uning shogirdlari yarim finalda Polsha terma jamoasi bilan mart oyida safarda to'qnash keladi.

"Avvalo, aytishim kerak, bu yerda bo'lish huquqini haqli ravishda qo'lga kiritdik. Futbol bu 90 daqiqa davomida hamma narsa bo'lishi mumkin bo'lgan o'yin.

Biz raqib jamoani yaxshi bilamiz, ular ham bizni yaxshi biladi. O'yinga tayyorgarlik ko'rmoqdamiz va oldinga intilamiz", dedi murabbiy Albaniya futbol federatsiyasining rasmiy saytiga bergan intervyusida.

"Ukraina yoki Shvetsiyaga qarshi bo'lishi mumkin bo'lgan final haqida? Bu jamoalar kuchli, avvalambor Polsha, lekin boshqa ikki raqib ham kuchli jamoalar.

Biz Ukrainani Millatlar ligasi orqali yaxshi bilamiz, Shvetsiya bilan esa o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazganmiz. Ular kuchli futbolchilariga ega jamoalar".

Saralash guruhida Albaniya Serbiya, Latviya va Andorradan ustun keldi, biroq Angliya terma jamoasiga qarshi hech qanday natija ko'rsata olmadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Silvinyo: Raqibni yaxshi bilamiz