
Shimoliy Irlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Maykl OʻNil JCH pley-off oʻyinlari qur'asi natijalari boʻyicha oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi. Uning shogirdlari 2026-yil mart oyida safarda Italiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
"Ogʻir raqib. Biz shunday boʻlishini kutgan edik va bunga tayyor turishimiz kerak.
Italiya — juda kuchli raqib, ammo biz shunday natijaga erishishimiz mumkinligiga ishonishimiz lozim. Agar buni uddalasak, bu bizning tariximizdagi eng yirik yutuqlardan biri boʻladi.
Jamoamiz yosh, lekin biz bunga erishamiz, deb ishonamiz", — dedi murabbiy RTE nashriga bergan intervyusida. Shimoliy Irlandiya terma jamoasi saralash bosqichida Slovakiya va Germaniyadan keyin uchinchi oʻrinni egalladi.
Ular Millatlar Ligasi natijalari tufayli pley-off oʻyinlariga yoʻl olishdi. Italiya va Shimoliy Irlandiya juftligi gʻolibi finalda Uels va Bosniya va Gertsegovina juftligi gʻolibi bilan kuch sinashadi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.