Issiq urishi organizmning haddan ortiq qizib ketishi bo‘lib, tana o‘zini sovita olmaslik va mo‘tadil haroratga qayta olmaslikdan kelib chiqadi. Oftob urganda tana normal 36,1 dan 37,2 °C darajagacha ko‘rsatkichdan oshib ketadi. Ortiqcha qizib ketishning sabablari turli xil bo‘lishi mumkin: jazirama, og‘ir jismoniy harakat, organizmda suyuqlik yetishmasligi va boshqalar. Ammo bularning bari ahamiyatsiz, chunki quyosh urishi uning kelib chiqish sabablaridan qat’i nazar o‘ta xavfli holatdir.
Foto: “Vokrugsada.ru”
Oftob urishi ham issiqlik urishining bir turi bo‘lib, to‘g‘ridan to‘g‘ri quyosh nurlarining inson bosh qismini qizitib yuborishi hisoblanadi. E’tiborlisi, issiq urishi birdaniga sodir bo‘ladigan jarayon emas. Uning o‘ziga xos alomati mavjud — issiqdan sillaning termik qurishi. Bu jadallashib boradigan holat bo‘lib, organizm haroratni nazorat qila olmayotgani va unga sovish uchun yordam kerakligidan xabar beradi.
Termik silla qurishini quyidagi alomatlar orqali aniqlash mumkin:
Foto: Getty Images
- Teri rangining oqarishi, sovuq ter chiqishi;
- Bosh aylanishi;
- Holsizlik va ongning chalkash bo‘lishi;
- Ko‘z oldi qorong‘i bo‘lishi;
- O‘ta kuchli terlash;
- Bosh og‘rishi;
- Ko‘ngil aynishi, yengil qayt qilish;
- Yurak urishining tezlashishi;
- Mushaklarda spazmlar va diareya;
- Siydik rangining to‘qlashishi.
Issiqlik urishining belgilari:
Agar siz termik silla qurish belgilarini allaqachon namoyon bo‘lib, holat yanada jiddiy tus olayotgan bo‘lsa, demak organizmni allaqachon issiq urgan bo‘lishi mumkin. Uning alomatlari termik issiqlanishdan kuchliroq kechadi:
- Tana harorati 40 °C dan ko‘tarilishi;
- Nafas olish qiyinlashishi;
- Kuchli qayt qilish;
- Hushdan ketish;
- Yurak ritmida jiddiy buzilishlar;
- Issiqlik shoki tufayli ichki organlar faoliyatida buzilishlar;
- Miya faoliyatining buzilishi.
Yuqorida keltirilgan alomatlarning bari o‘ta xavflidir. Ular nafaqat umumiy salomatlik, qolaversa hayot uchun tahlika soladigan omildir. Shuning uchun zudlik bilan issiqlik urishiga qarshi choralar ko‘rish kerak. Bu ikkala holatga ham taalluqli.
Termik silla qurishida birinchi yordam
Foto: iStock
Issiq urishining boshlang‘ich simptomlarida ilk tibbiy yordam quyidagi tartibda beriladi:
- Jismoniy harakatni to‘xtatish;
- Quyosh ostidan (issiq binodan) soyaga o‘tish, havo aylanishi yaxshi bo‘lgan yoki konditsionerli xonaga kirish;
- Kiyimlarni yechish;
- Peshonaga sovuq suvda namlangan doka yoki sochiq qo‘yish;
- Kamida 1-2 stakan suv ichish. Bu organizmga suvsizlik holatidan chiqish va o‘zini sovitish xususiyatini tiklashga yordam beradi;
- Regidron yoki ORSA ichimliklari ichish. Bunday ichimlik tarkibida metabolizm va asab tizimi funksiyalari uchun muhim bo‘lgan elektrolitlar mavjud.
Oftob urgandagi birinchi yordam
Agar sizni yoki atrofingizdagilardan birortasini quyosh urgan bo‘lsa, o‘sha joyning o‘zida ko‘rsatilgan yordam besamar bo‘lishi mumkin. Qusish, yurak urishida buzilishlar aniqlansa va hushdan ketish xavfi bo‘lsa, zudlik bilan tez tibbiy yordam chaqirish kerak.
Issiqlik urishi ortga surib bo‘lmaydigan jiddiy holat hisoblanadi, undan aziyat chekuvchi bemorga zudlik bilan tezkor yordam ko‘rsatish zarur!
Tez yordam xodimlari yetib kelgunga qadar, termik silla qurishida yordam beruvchi ko‘rsatmalarga amal qilib turgan ma’qul. Shuningdek, qo‘shimcha tarzda:
Bemor tanasiga muz solingan xalta qo‘ying (mato ichiga solingan muzlatilgan meva-sabzavotlar ham bo‘lishi mumkin).
Tana haroratini tezroq pasaytirish uchun sovuq suvli vannaga tushish kerak. Ahamiyat bering: bu holatda issiq urgan bemor yolg‘iz qolmasligi, unga yordam beruvchi odamlar bo‘lishi shart. Yolg‘iz bo‘lganda suvga tushish o‘ta xavflidir.
Shifokorlar yetib kelishgach, bemor holatini tekshiradi. Issiq urishida ko‘rsatilgan birinchi yordam yetarli natija bergan bo‘lsa, shifoxonaga yotqizishga hojat bo‘lmasligi ham mumkin.
Qo‘shimcha tavsiyalar
Foto: Shutterstock
- Yoz va issiq kunlarda ko‘proq suv iching;
- Kunning eng issiq soatlarida salqin joyda qoling;
- Yozda kunduzgi 11:00dan 5:00gacha vaqt oralig‘ida ko‘chaga chiqishdan saqlaning;
- Och rangdagi va havo o‘tkazuvchan kiyimlar kiying;
- Bosh kiyimni unutmang;
- Tez-tez sovuq suvli dush yoki vanna qabul qiling
- Tarkibida alkogol yoki kofein bo‘lgan ichimliklarni cheklang;
- Siydik rangini nazorat qiling, u to‘qlashmasligi kerak. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi