12:00 / 08.08.2024
160

Umurtqa pog‘onasi va bo‘g‘imlar salomatligi garovi bo‘lgan 5 ta vitamin

Umurtqa pog‘onasi va bo‘g‘imlar salomatligi garovi bo‘lgan 5 ta vitamin
Umurtqa pog‘onasi va bo‘g‘imlar salomatligiga ahamiyat berish orqali mushak-skelet tizimini mustahkamlash hamda yaqin kelajakda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan bel og‘riqlarining oldini olish lozim. Chunki tez orada kirib kelayotgan kuz fasli ta’sirida organizm tashqi omillarga nisbatan sezgirligi oshadi. Sovuq kunlar boshlanishi bilan suyaklar uchun muhim vitamin hamda minerallarning keskin tanqisligi yuzaga keladi.

Foto: Marie Claire
Organizmda deyarli barcha foydali elementlar (soch, teri, tirnoq, suyak, bo‘g‘im, tomirlar) ning bir qismi bo‘lgan kollagen va oqsilning tabiiy ishlab chiqarilishi taxminan 25 yoshda tugaydi. Shu paytdan boshlab yuqorida ko‘rsatilgan elementlarning yetishmasligidan aziyat chekadiganlar suyak va bo‘g‘imlarni mustahkamlashga yordam beradigan qo‘shimcha vitamin, minerallar va elementlarni qabul qilib borishi muhim.

D3 vitamini (xolekalsiferol)

Foto: Marie Claire
D3 vitamini “quyosh” vitamini deb ham ataladi: u tabiiy ravishda terida — ultrabinafsha nurlarining bevosita ta’siri ostida ishlab chiqariladi. Ushbu vitaminni qabul qilish uchun salqin kunlarda losos va boshqa turdagi yog‘li baliq, pishloq, sariyog‘, qizil go‘sht, baliq jigari, qo‘ziqorinlar, sigir suti va tuxum sarig‘ini iste’mol qilish kerak.

Bu vitamin menopauza davrida yoki homilador ayollar uchun ko‘proq muhimdir. Xolekalsiferol raxitning oldini oladi, suyaklarning o‘sishiga yordam beradi, skeletni qo‘llab-quvvatlaydi, mushaklarning tonusini oshiradi, gormonal holatni barqarorlashtiradi, ammo kalsiysiz so‘rilmaydi. Shuning uchun D vitamini kalsiy bilan birgalikda qabul qilinishi kerak.

Kalsiy inson organizmida eng ko‘p bo‘lgan mineraldir. U tish va suyaklarning salomatligi uchun javobgar, shuning uchun osteoporozning oldini olish va stomatologik xarajatlarni tejashni istasangiz, D3 + Ca ning qondagi tarkibini aniqlab, defitsit o‘rnini to‘ldirishingiz lozim.

Glyukozamin va xondroitin (xondroitin sulfat va glyukozamin sulfat)

Foto: Marie Claire
Ushbu moddalar to‘qimalarining sintezida va regenerativ jarayonlarida faol ishtirok etadi. Ular jarohat olganlar uchun ajralmas komponentlardir: katta yoshdagi odamlar, sport bilan faol shug‘ullanadigan sportchilar uchun juda foydali.

Glyukozamin bo‘g‘imlarni qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi, shunda biriktiruvchi to‘qima sekinroq eskira boshlaydi va tiklanishga ulguradi. Bu yallig‘lanishni, osteoporoz hamda osteoxondroz xavfini kamaytiradi. Harakatsiz turmush tarzi, ortiqcha vazn, noto‘g‘ri ovqatlanish, suyak va bo‘g‘imlarning kasalliklariga moyillik glyukozamin va xondroitin qo‘shimchalarini qo‘llash uchun ko‘rsatma hisoblanadi.

Kreatin

Kreatin — o‘z ichiga azotni olgan karbon kislota, har qanday harakat va energiya almashinuvi uchun zarur bo‘lgan tabiiy moddadir. Kreatin uchta aminokislotadan — glitsin, arginin va metionindan iborat bo‘lib, ko‘pincha kislotalarni zararsizlantirish va mushak massasini oshirish uchun og‘ir jismoniy mashqlarda qo‘llaniladi.

Kreatin metabolizmni tezlashtirish uchun zarurdir. U organizmda tabiiy ravishda sintezlanadi, ammo tabiiy ravishda kam ishlab chiqariladi. Shuning uchun agar qo‘shimcha ravishda mashq qilsangiz yoki professional sport bilan shug‘ullansangiz, ushbu tabiiy modda yetarli bo‘lmaydi. Kreatinni oziq-ovqat bilan iste’mol qilish yoki qo‘shimcha sifatida qabul qilish mumkin.

Biotin (B7 vitamini)

Foto: Marie Claire
Go‘zallik vitamini deb ataladigan biotin teri, tirnoq va sochlarning holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va ma’lum aminokislota hamda yog‘larni ishlab chiqarish uchun zarur hisoblanadi. Organizmda uning yetishmasligi natijasida sochlar to‘kila boshlaydi, teri quriydi va dermatit kuzatiladi, ko‘pincha ko‘ngil aynishi paydo bo‘ladi va anoreksiya kuchayadi.

Ushbu vitaminning asosiy manbalaridan biri — non va xamirturushli boshqa mahsulotlar, shuningdek, mol go‘shti va tovuq jigari, buyraklar, soya, turli yong‘oqlar, don va tuxum sarig‘i. Bu vitamin o‘simlikka asoslangan oziq-ovqatlarda ancha yuqori miqdorda mavjud, shuning uchun vegetarianlar ularni e’tiborsiz qoldirmasliklari kerak.

Mis

Mis — temirning qonda so‘rilishi, tabiiy kollagen va energiya ishlab chiqarish uchun mas’ul bo‘lgan muhim element. Tabiiy mis tanqisligi kamdan-kam uchraydi va ko‘pincha tug‘ma kasalliklar bilan bog‘liq.

Shuningdek, mis katta yoshdagi odamlar uchun va jarohatdan keyingi og‘riqni bartaraf etish uchun buyuriladi. Mis ko‘plab oziq-ovqatlarda mavjud, shuning uchun agar ushbu elementni iste’mol qilish bilan organizmga yordam berishni istasangiz, ratsionga g‘oz jigari, ustritsa, qo‘ziqorin, yasmiq, bodom va shokoladni kiritish tavsiya etiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Umurtqa pog‘onasi va bo‘g‘imlar salomatligi garovi bo‘lgan 5 ta vitamin