date

Kannavaro shtabi “Paxtakor” mashg‘ulotini jonli kuzatdi

Kannavaro shtabi “Paxtakor” mashg‘ulotini jonli kuzatdi

“Paxtakor” jamoasi Superliganing 26-turida bo‘lib o‘tadigan “Xorazm”ga qarshi uchrashuv oldidan faol tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Jamoa ko‘p jixatdan jismoniy holatni tiklash va hujumdagi samaradorlikni oshirishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda.

Shu bilan birga, O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabi klublar faoliyatini yaqindan kuzatishni davom ettirmoqda. Ular terma jamoaga nomzod bo‘lishi mumkin bo‘lgan futbolchilarning jismoniy va taktik holatini baholash maqsadida bir qator jamoalar mashg‘ulotlarida qatnashishmoqda.

Bugun esa Fabio Kannavaro boshchiligidagi murabbiylar “Paxtakor” klubi mashg‘ulotlarida bo‘lishdi. Ular mashg‘ulot jarayonida jamoa tarkibidagi bir qator futbolchilarning harakatlarini diqqat bilan kuzatib, ularning salohiyatini baholashdi. Manbalarga ko‘ra, ayrim o‘yinchilar terma jamoaga chaqiruv olish uchun jiddiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kannavaro va uning yordamchilari so‘nggi paytlarda mamlakat chempionatidagi bir qator uchrashuvlarni jonli ravishda kuzatib kelmoqda. Xususan, ular 25-turda “Nasaf” — “Qo‘qon-1912”, “Mash’al” — “Xorazm”, “Dinamo” — “Buxoro” hamda “Paxtakor” — “Qizilqum” bahslarini stadiondan tomosha qilishgan.

Terma jamoa murabbiylarining bunday tashriflari milliy jamoa uchun eng munosib tarkibni shakllantirishga xizmat qilmoqda. Bu esa mahalliy futbolchilar uchun yanada o‘zini ko‘rsatish va yuqori darajaga chiqish imkonini yaratadi.

“Paxtakor” uchun esa navbatdagi turdagi bellashuv muhim ahamiyat kasb etadi — jamoa muxlislar oldida ishonchli o‘yin ko‘rsatishni va turnir jadvalidagi mavqeini mustahkamlashni maqsad qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kannavaro shtabi “Paxtakor” mashg‘ulotini jonli kuzatdi