Ko‘richakni o‘tkazib yubormaslik uchun kasallikning kutilmagan alomatlari, diagnostika va davolash haqida Milliy tibbiyot markazi Endovizual jarrohi Hamidbek Rasulov ma’lumotlari bilan quyida tanishishingiz mumkin.
Taomlanishdagi o‘ziga xos xususiyatlar va iqlim sharoiti tufayli yurtimiz aholisi orasida oshqozon-ichak tizimi kasalliklari tez-tez uchraydi. Shulardan biri o‘tkir ko‘richak (appenditsit) xastaligidir.
O‘tkir appenditsit – chuvalchangsimon o‘simtaning yallig‘lanishi hisoblanib, oshqozon-ichak tizimining eng xavfli kasalliklaridan biri. Ayniqsa, u jiddiy asoratlarning tez rivojlanishi va paydo bo‘lishi bilan juda xatarli.
Har bir inson hayoti davomida o‘tkir appenditsitga duch kelish ehtimoli yuqori. Xastalik asosan 5-40 yoshli odamlarda ko‘p kuzatiladi. 40 yoshdan keyin uning yuzaga kelishi ehtimol past, lekin butunlay uchramaydi, degani emas.
Tez-tez ich qotishlari, ichak peristaltikasining buzilishi, taomlarda o‘simlik tolalarining yetishmasligi, me’yoridan ortiq ovqatlanish, me’da¬ichak tizimining bir qator yuqumli xastaliklari va parazitlar uni keltirib chiqaruvchi asosiy omillar hisoblanadi.
Shuningdek, irsiy moyillik, yomon odatlar (tamaki chekish, spirtli ichimliklar iste’mol qilish), stresslar, vitaminlar va mikroelementlarning yetishmasligi tufayli immunitetning zaiflashishi ham ushbu xastalikka sabab bo‘lishi mumkin.
O‘tkir appenditsitning eng asosiy belgisi qorin bo‘shlig‘idagi kuchli og‘riqlar bo‘lib, u asosan kechasi yoki ertalab paydo bo‘ladi. Kataral bosqichda og‘riq birinchi marta butun qorin bo‘shlig‘iga tarqaladi yoki uning yuqori qismida kuzatiladi.
Biroq keyinchalik kindikdan pastga va beldan biroz yuqoriga siljiydi. Vaqt o‘tishi bilan og‘riq tabiati ham o‘zgarib, kulganda yoki yo‘talganda va chuqur nafas olganda kuchayadi.
Qolaversa, ich qotish yoki ich ketishi, tana haroratining ko‘tarilishi, ko‘ngil aynishi va qayt qilish appenditsitning asosiy belgilari hisoblanadi.
O‘tkir appenditsit kattalarga qaraganda bolalarda kuchli va tez kechadi. Ya’ni, 6-12 soat o‘tmasidanoq, appenditsit devori chirib, yorilishi va qorin bo‘shlig‘iga yiring tarqalib ketishi mumkin.
Shu bois agar yuqoridagi belgilar kuzatilsa, shifokorga murojaat qilish lozim. Aslida o‘tkir appenditsit jarrohlik yo‘li bilan davolashni talab qiladi.
Ushbu xastalikning dolzarbligi shundaki, zamonaviy jarrohlikdagi holatlarning sezilarli ulushini tashkil qiladi, ya’ni jarrohlik bo‘limlarida bemorlarning 40-50 foizi, qorin bo‘shlig‘i a’zolarida shoshilinch operatsiyalarning 30 foizigacha bo‘lgan qismi o‘tkir appenditsit holatlariga to‘g‘ri keladi.
Operatsiya bemor kasalxonaga kelganidan keyin 2 soatdan kechiktirmay amalga oshiriladi. Hozirgi vaqtda zamonaviy klinikalarda laparoskopik usul qo‘llaniladi, bunda ko‘richakni katta kesmasiz olib tashlash mumkin. Bunday aralashuv to‘qimalarning minimal shikastlanishi, asoratlarning minimal xavfi va qisqa muddatli tiklanish davri bilan birga keladi.
Laparoskopik appendektomiya o‘tkir ko‘richakni davolashda oltin me’yor sifatida tan olingan va jarrohlar tomonidan tobora ko‘proq afzal ko‘rilmoqda. Operatsiya umumiy behushlik ostida amalga oshiriladi va o‘rtacha 30 daqiqa davom etadi. Jarrohlik ishlaridan so‘ng antibiotiklar, og‘riq qoldiruvchi va yallig‘lanishga qarshi preparatlar buyuriladi. Oy davomida hammom va saunaga tashrif buyurish tavsiya etilmaydi, shuningdek, qorin bo‘shlig‘i mushaklarida ortiqcha kuchlanishdan qochish kerak.
Milliy tibbiyot markazi
Matbuot xizmati.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Matbuot xizmati.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari