Foto: SciTech Daily
Baliq yog‘i XX asr boshlaridan buyon eng mashhur ozuqaviy moddalardan biri bo‘lib kelmoqda. Ko‘plab yosh-u qari insonlar omega-3 moddasini kapsula shaklida ichishga odatlanib ham qolgan. Biroq shifokorlar baliq yog‘ini tibbiy tahlil o‘tkazmasdan ichishni tavsiya etmaydilar, deb yozadi Tengrinews.kz.
Baliq yog‘ining foydasi
Omega-3 moddasining hujayralarni qurishdan saqlash, yurak-qon tomir tizim faoliyatini rag‘batlantirish va shu kabi ko‘plab foydali tomonlari mavjud, ammo uni shunchaki va har ehtimolga qarshi qabul qilish noto‘g‘ri qaror bo‘lishi mumkin. Bunga sabab omega-3 ning o‘zida yuqori miqdorda yog‘ kislotalarining saqlashidir.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, omega-3 yurak xastaliklariga chalinishni 10-15 foizga kamaytirishi mumkin. Buning uchun kuniga ikki grammdan omega-3 iste’mol qilish lozim. Shuningdek, baliq yog‘i ko‘z to‘r pardasini asraydi va yallig‘lanishga qarshi tabiiy antioksidant sifatida ta’sir qiladi.
Foto: Freepik
Baliq yog‘i terini ultrabinafsha nurlanishidan himoya qiladi, teri saratoni xavfini kamaytiradi va yaralar va shikastlanishlarning tezroq bitishiga yordam beradi. Bundan tashqari, olimlar homiladorlik davrida omega-3 qo‘shimchalarini qabul qilish erta tug‘ilish va kam vazn olish xavfini kamaytirishini aniqlagan.
Annals of Nutrition & Metabolism nashrida chop etilgan tadqiqotda esa omega-3 bolaning kognitiv, motorika va ko‘rish qobiliyatini rivojlantirishga yordam berishi ma’lum qilingan.
Baliq yog‘i odatda aterosklerozni davolash va uning oldini olish uchun ishlatiladi. Chunki undagi yog‘ kislotalari qondagi yomon xolesterin miqdorini kamaytirishga hamda qon bosimini tartibga solishga yordam beradi.
Baliq yog‘i nimasi bilan xavfli?
Foto: Shutterstock
Ba’zi insonlarda baliq yog‘i oshqozon bilan bog‘liq muammolar — diareya, ichaklar og‘rig‘i kabi xastaliklarga olib kelishi mumkin. Ayrim mutaxassislar baliq yog‘ini iste’mol qilish aritmiya xavfini ortishiga sabab bo‘lishiga ishonadi.
Shuningdek, xalqaro tadqiqotchilar guruhi aniqlashicha, ortiqcha baliq yog‘i sog‘lom odamlarda insult xavfini oshirishi mumkin. Shu sababli har qanday dori yoki vitamin, xususan omega-3 ni qabul qilishdan shifokor bilan maslahatlashish eng to‘g‘ri qarordir.
Omega-3 kislotalari baliq, qisqichbaqasimonlar va suv o‘tlarida ko‘proq uchraydi, ammo hamma insonlar ham bunday taomlarni iste’mol qilavermaydi. Shu bois mutaxassislar baliq yog‘ini ozuqaviy qo‘shimchalar sifatida qabul qilishni tavsiya etadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan uchrashdi