date
views 98

Uzoq vaqt o‘tirish miyaga jiddiy zarar: dasturchilar va ofis xodimlari xavf ostida

Uzoq vaqt o‘tirish miyaga jiddiy zarar: dasturchilar va ofis xodimlari xavf ostida
Hozirgi zamon dastida kompyuter va gadjetlar bilan doimiy ishlash oddiy holga aylandi. Biroq, ish stolida soatlab o‘zgarmasdan o‘tirish aslo bezarar emas. Amerikaning Xotira va Alsgeymer kasalligi markazi mutaxassislari olib borgan so‘nggi tadqiqotlar bu masalaga katta yechim va saboq bo‘ldi: doimiy ravishda ko‘p vaqt o‘tirish miyani so‘ngida jiddiy shikastlashga olib kelishi mumkin.

404 nafar keksa yoshli odam ustidan yetti yil davom etgan kuzatuv davomida ishtirokchilarga “aqlli” soatlar taqildi, ular muntazam ravishda miya MRT tekshiruvidan o‘tib, xotira va tafakkur testlarini bajarib turishdi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, kun davomida o‘rtacha 13 soatdan ziyod vaqtini o‘tirishga, passiv holatga sarflaganlar miya hajmi va epizodik xotirada pasayishga duch kelishdi. Xususan, Alsgeymer va boshqa neyrodegenerativ kasalliklar uchun xos belgilari tezroq rivojlangan.

Eng e’tiborlisi — yuqori jismoniy faollik, hatto shiddatli sport mashqlari ham ko‘p soatlik harakatsizlikning zararli ta’sirini o‘chira olmadi. Ya’ni, bir soat mashq qilib, qolgan 15-16 soatda jim o‘tirish muammoni bartaraf etmaydi. Bu esa har kuni ish faoliyati, ish joyida va uyda ko‘p vaqt stol yoki divanda o‘tirish odati bo‘lgan dasturchilar va ofis xodimlari uchun jiddiy ogohlantirishdir.

Olimlar bu xavf alohida irsiy moyillikka ega insonlarda (APOE-ε4 geni tashuvchilari) yanada kuchli namoyon bo‘lishini qayd etishadi. Ammo sog‘lom odamlar uchun ham harakatsizlik salbiy oqibatlarsiz o‘tmaydi: bu holat qon aylanishi yomonlashishi, yallig‘lanishning kuchayishi, miya to‘qimalarida neyronlarning yangi aloqalar shakllantirish qobiliyati zaiflashishi, metabolizmdagi buzilishlar kabi biologik jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Har bir qadam muhim ekanini olimlar alohida ta’kidlashadi. Mutaxassislar sport mashg‘ulotlariga qo‘shimcha ravishda kun davomida har 30-40 daqiqada stoldan turish, yengil harakat va mashqlarni bajarish, telefonda suhbatlashganda yurish, ish joyiga lift o‘rniga zinapoyadan chiqish, avtomobilni kirishdan uzoqroqqa qo‘yish, ofisda transformatsiyalanadigan — ya’ni, o‘tirib ham, tik turib ham ishlashga mo‘ljallangan stollardan foydalanishni tavsiya qilishmoqda.

Shuningdek, stolda o‘tirgan paytda ham kichik jismoniy mashqlar (masalan, panjalarni yozish, ko‘krakni kengaytirish, yelkalarni aylantirish) orqali miyaga qon oqimini yaxshilash va salomatlikni qo‘llab-quvvatlash mumkin. Bunday mayda harakatlar ham umumiy faollikka hissa qo‘shadi.

Hatto eng shiddatli sport bilan shug‘ullanuvchi insonlar ham asosan harakatsiz bo‘lsa, uzoq muddatda kognitiv qobiliyatlar pasayishi xavfiga duch kelishadi. Shu sabab, kun davomida miya va tana uchun doimiy harakat kerak. Aks holda, zamonaviy hayot sharoitidagi “stol hayoti” insult, Alsgeymer, xotira susayishi va boshqa ko‘plab nevrologik kasalliklar uchun “yozilmagan bilet” bo‘lishi mumkin.

Shuning uchun ish va turmush tarzi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, barcha dasturchilar, ofis va IT-mutaxassislari, frilanserlar va masofaviy ishlovchilar o‘z kundalik rejasiga mayda bo‘lsa-da faol harakatlarni qo‘shishni unutmasliklari shart. Bir qarashda be’zarar bo‘lib ko‘ringan ko‘p soatlik o‘tirish, aslida, salomatlik uchun katta xavf.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Uzoq vaqt o‘tirish miyaga jiddiy zarar: dasturchilar va ofis xodimlari xavf ostida