Avgust-sentyabr oylarida uzum sayllari avj oladi. Biz o‘zbeklar uzumni ertalabki choyga non bilan iste’mol qilamiz. Bobolarimizdan meros bunday nonushta bejiz emas. Sababi uzumning kaloriyasi siz o‘ylaganingizdan ko‘ra ko‘proq. Bunday nonushtadan so‘ng tushgacha to‘q yurasiz. Uzumning foydalari va umuman uzum haqida quyida keltirdik.
1. Uzumni oshqozon-ichak kasalliklari bilan og‘riydigan bemorlar kamroq eganlari ma’qul. Bir qarashda meva — yengil taom ko‘ringani bilan uzum ancha qiyin hazm bo‘ladi. Bundan tashqari uzumda juda ko‘p miqdorda glyukoza va fruktoza mavjud bo‘lib ular qonga juda tez so‘riladi va qondagi insulin ortib ketadi. Shuning uchun ham oshqozon osti bezi kasalliklari yoki qandli diabet, ortiqcha vazn bilan og‘riydigan bemorlar uzumni umuman iste’mol qilmaganlari ma’qul.
2. Uzumning foydasi shundaki, uning tarkibida A, C, V6 vitaminlari va folat(folat kislotasi), shu bilan birga organizm uchun zarur bo‘lgan kalsiy, kaliy, temir magniy va fosfor minerallari mavjud. Bundan tashqari uzum tarkibida kamyob modda — flavonoidlar bo‘lib, ular qarishga va erkin radikallarga qarshi kurashuvchi juda kuchli antioksidantdir.
3. Uzumni, u tabiiy mahsulot bo‘lsada istagancha eb bo‘lmaydi. 0,5 kg butunlay sog‘lom odam uchun ham juda ko‘p. Yuqori kalloriyasi tufayli u ozish uchun parhez tutadiganlarga umuman to‘g‘ri kelmaydi. Me’yorda uzumni kuniga 10-15 dona iste’mol qilgan ma’qul.
4. Uzum kuchli allergenlar qatoriga kiradi. Uzum qanchalik to‘q rangda bo‘lsa allergiya chaqirish havfi ham shuncha yuqori bo‘ladi. Biroq shu bilan birga to‘q rangli turlarda inson organizmi himoya kuchlarini mustahkamlovchi antioksidantlar birmuncha ko‘p bo‘ladi.
5. Uzumning u yoki bu turi kaloriyasi ko‘proq deb hisoblaydiganlar — xato qilishadi. Aslida uzumning och va to‘q ranglilari kaloriyasi bir xil: 65kkal/100gr.
6. Ko‘pchilik uzumni eganda urug‘larini chiqarib tashlaydi. Aytib o‘tish kerakki uzum danakchaliri A, E, K vitaminlari, hamda katta miqdorda tabiiy yog‘lar manbaidir. Bu moddalar esa inson organizmi xujayralarini mustahkamlab, kishini yoshartiradi. Shuning uchun ham dietologlar uzumni urug‘i va po‘sti bilan eyishni buyuradilar.
7. Ayrimlar uzum semirtiradi, deb bu mevani umuman iste’mol qilmaydilar. Gap shundaki, uzum ishtahani ochadi. Agarda siz to‘yimli taomnomangizga uzumni ham kiritsangiz u albatta semirishga olib keladi. Ammo yengil taomlar qatorida, oz miqdorda iste’mol qilingan uzum qomatingizga hech qanday zarar etkazmaydi.
8. Uzum o‘zining shifobahsh hususiyatlari bilan ko‘pgina kasalliklarga davo bo‘ladi. U inson organizmini umumiy mustahkamlaydi. Shu bilan birga uzum sharbati — nafas siqishi(astma)da yordam beradi. Uzum sharbati yurak muskullarini mustahkamlaydi va qondagi azot oksidi miqdorini oshirib, qon quyulishi va tromblarning oldini oladi. Uzum — peshob haydaydi hamda buyraklar va o‘t pufagi faoliyatini yaxshilaydi.
Manba: maslahatim.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?