Aziz o‘quvchi, e’tiboringizga inson organizmiga taalluqli bo‘lgan 40 ta qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etamiz. Marhamat, uning BIRINChI O‘NTALIGI bilan tanishing!
1-ma’lumot: ma’lumki, nafas olganda kislorod yutib (O2), karbonat angidrid (CO2) qaytarib chiqaramiz. Kundalik ehtiyojimizning birinchi qatorida kislorod, ya’ni toza havo turishi ham be’jiz emas.
Havosiz 2 daqiqadan ortiq yashay olmasligimiz aniq. Ho‘p, bir kunda qancha nafas olamiz, shu haqda hech o‘ylab ko‘rganmisiz?
O‘pkaning 1 daqiqa ichida nafas olishi (o‘pkaga havo so‘rib, so‘ng chiqarish hajmi) 5–9 litrni tashkil etarkan... Endi bir kunda necha litr havodan bahramand bo‘lamiz — buni o‘zingiz hisoblab ko‘ring!
2-ma’lumot: odam tanasida 4,5–5 litr atrofida qon bo‘lishi ko‘pchilikka ma’lum. Qon tarkibilagi qizil qon tanachalari, ya’ni eritrotsitlarni (u to‘qima va hujayralarga kislorod tashiydi) yonmayon qo‘yib, uzun tasma hosil qilinsa, Yer sharini ekvator bo‘ylab 3 marta aylantirib o‘rab chiqish uchun yetarli bo‘lardi.
3-ma’lumot: avtomobilingiz g‘ildiraklari necha atmosfera bosimida bo‘lishi zarur ekanligini bilasizmi? Buni haydovchilik guvohnomasiga ega ko‘pchilik avtohavaskorlar yaxshi bilishadi.
Odatda old g‘ildiraklar 1.9–2.0, orqa g‘ildiraklar esa 2.0–2.2 atmosfera bosimida bo‘ladi. Bu — bo‘sh turgan ballonga joylashishi mumkin bo‘lgan erkin havo bosimini o‘rtacha 2 barobari degani.
Inson organizmida ham qon bosimi mavjud. U yurak ishi va qon tomirlar harakati bilan hosil bo‘ladi va bir me’yorda ushlab turilishi juda muhim.
Buni qarangki, ayrim yirik arteriyalar 20 atmosfera bosimga chidab berishi mumkin ekan! Nima deb o‘ylaysiz, avtoshinalar 20 atmosfera bosimiga chiday oladimi..?
4-ma’lumot: odam organizmida mavjud bo‘lgan 5 litr atrofidagi qon uning faqat yuragi-yu yirik qon tomirlarida bo‘lmasa kerak, deb o‘ylanib qolasan kishi.
Qiziq, qonning asosiy qismi qayerda bo‘larkan? Nahotki gohida teri ostidan ko‘rinib turadigan qon tomirlari shuncha suyuqlikni ichiga sig‘dira olsa..?
Gap shundaki, inson tanasida 100–160 milliard kapillyarlar (mayda qon tomirlari, 2.5–30 mikrongacha) mavjud.
Agar ularni bir chiziq bo‘ylab tortib arqon hosil qilinganda edi, uzunligi 60–80 ming kilometrga yetardi. Bu ekvatordan (ekvatorning uzunligi 40 075 696 metrni tashkil etadi) 1.5–2.0 marotaba uzun degani...
5-ma’lumot: Qadimgi Yunonistonda (bundan 5 ming yil oldin) yashagan kishilarning o‘rtacha umr ko‘rish yoshi 29 yil bo‘lgan bo‘lsa, XVI asrga kelib Yevropa qit’asi aholisining o‘rtacha umr ko‘rish yoshi 21 yilga teng bo‘ldi.
So‘ngra, XVII asrga kelib bu ko‘rsatkich — 26 yil, XVIII asrda esa — 34 yil. XX asrning boshlarida o‘rtacha umr ko‘rish yoshi 50 yilga yetdi.
XX asr oxiri–XI asr boshlarida esa dunyo aholisining o‘rtacha umr ko‘rish yoshi 60 yilga yetdi. Hozirda ushbu o‘rtacha umr ko‘rish ko‘rsatkichi 70 yoshga qarab siljimoqda...
Inson turmush tarzini madaniylashuvi — bu ko‘rsatkichni uzaytirsa, turli ekologik inqiroz, urush-mojarolar hamda yuqumli kasalliklar bu raqamni kamaytirishga sabab bo‘lmoqda. Natijada o‘rtacha umr ko‘rish ko‘rsatkichi “to‘xtab-to‘xtab” odimlamoqda...
6-ma’lumot: sog‘lom tishlar — sog‘lom organizm haqidagi birinchi raqamli belgi.
Tishning sirtki qobig‘i — emalining mustahkamligi kvarsga (SiO2) tenglashtiriladi. Ma’lum bo‘lishicha, 96% mineral tuzlardan iborat bo‘lgan emal qavatiga o‘tkir xanjar bilan urilganda — xanjarning tig‘i qaytib ketganini (emal qobig‘ini yorib o‘tolmaganini) ko‘rish mumkin ekan.
Demak, tishlarimiz sog‘lom, ya’ni mustahkam bo‘lishi shart.
7-ma’lumot: bosh miyaning biron bir qismidagi qon tomirining yorilishi asab to‘qimalarining nobut bo‘lishiga olib keladi.
O‘zingizga ma’lum, asab to‘qimalari qayta tiklanmaydi. Odatda ularning vazifasini boshqa, sog‘lom to‘qimahujayralar o‘z zimmasiga oladi.
Shu tariqa asab tizimi ham organizmning boshqa to‘qimalari singari o‘zini yangilab turadi. Biroq bu bo‘lar-bo‘lmasga asabiylashaverish mumkin, degani emas.
Asablaringizni asrang!
8-ma’lumot: o‘zidan turli vazifalarni bajaruvchi suyuqliklar ishlab chiqaruvchi organ va to‘qimalarni — bezlar deb ataymiz.
Inson organizmidagi eng yirik bez — jigar. Ovqat hazm qilishda ishtirok etadiganlari esa oshqozon va oshqozonosti bezlari deyiladi. Ular shaklan yirik va juda mayda. Aniqrog‘i, yirik bezlar ham mayda bezli to‘qimalardan iborat.
Masalan, oshqozonning 1 santimetr kvadrat qismida 100 ga yaqin oshqozon shirasi ishlab chiqaruvchi mayda bezlar juda tig‘iz joylashgan.
9-ma’lumot: inson organizmi ovqat hazm qilish evaziga ishlab chiqarilgan energiya hisobidan faoliyat yuritishi barchamizga ma’lum.
Och qolgan odam holdan toyadi. Bu borada dono xalqimizning “bo‘sh qop tik turmaydi” degan naqli bor.
Siz bir kunda qancha oziq-ovqat iste’mol qilishingizni bilasizmi? Bir hafta davomida-chi? Bir yilda-chi..?
Olimlarning hisobkitob qilishicha, sog‘lom, o‘rtacha umr ko‘rgan kishi hayoti davomida 2,5–3,0 tonna oqsil, 1,3–1,5 tonna yog‘, 17,5–20,0 tonna uglevodlar va 75–100 tonna ichimlik suvi iste’mol qilar ekan.
Ana shunaqa!
10-ma’lumot: odatda, organizm uchun zarur bo‘lgan mineral tuzlarni oziq-ovqatlar tarkibidan olib, kerak miqdorda o‘zlashtirib olamiz. Yetishmaganlarini esa, masalan osh tuzini (NaCl) taomga qo‘shib iste’mol qilamiz. Ularning miqdori kamayib ketishi ham, ko‘payib ketishi ham zarar ekanligini hammamiz bilamiz.
Ammo hech o‘ylab ko‘rganmisiz, tanangizdagi tuzlar miqdori qancha? Ozmi, ko‘pmi? Agar ular ko‘p bo‘lsa, unda qayerda..?
Ma’lum bo‘lishicha, o‘rta yoshdagi inson tanasida 3 kilogrammgacha mineral tuzlar mavjud va uning taxminan 85 foizi suyak to‘qimalari (ustixon) tarkibida bo‘larkan.
60–70 kilogramm vaznga ega kishining tanasida 300 grammdan ortiq osh tuzi mavjud.
Manba: qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar