14:28 / 05.09.2017
10 232

Belni sog‘lom saqlash uchun kuniga 20 daqiqa ajrating

Belni sog‘lom saqlash uchun kuniga 20 daqiqa ajrating
Bitta oddiy mashq beldagi zo‘riqishni bartaraf etishga va qomatning yomonlashuvini oldini olishga yordam beradi.

O‘tirganingizda belning zo‘riqishi 40 foizga oshadi. Boshqa tomondan qaraganda bir joyda ko‘p vaqt tik turish ham foydali emas. Bunda og‘irlik teng taqsimlanmasdan, umurtqa pog‘onasi orasidagi mushaklarlarni siqadi. Agar siz baland poshnali oyoq kiyimi kiysangiz, barcha yuk oyoq uchlariga tushadi, beldagi og‘riq kuchayib, belning umurtqa qismi kuchli zo‘riqadi.

Gorizontal holat – dam olish va umurtqadan yukni kamaytirishning eng samarali yo‘li, leki shunchaki divanda yotish kifoya emas. Kun davomida to‘plangan zo‘riqishni bartaraf etish uchun, ma’lum bir holatda bo‘lish kerak.

Umurtqaning og‘irligini bartaraf etish uchun ideal holat

Yerda tik holda yoting, tizzalarni buking va boldir qismini balandroqqa qo‘ying. Stul, divan yoki shunday balandlikdagi boshqa mebeldan foydalanishingiz mumkin. Unga oyog‘ingizni qo‘ygach, boldir va tos orasi 90 darajali burcha hosil qilishi kerak.

Gorizontal holat umrtqa pog‘onasi orasidagi dikslarning zo‘riqishini olishga, cheksiz totishuvdan dam olishga ko‘maklashadi.

O‘tirganingizda tos bitsepslari – ikki boshli mushaklar, orqa tosning yuqori qismlari qattiq va qisqargan bo‘ladi. Ular o‘zi bilan butun orqa chiziqni tortadi. Tos oldinga harakatlanadi.

Oyoqlarni yuqoriga ko‘tarish orqali siz bel mushaklarini qattiq tortmaysiz, lekin vaqtincha o‘z zanjiridan chiqarasiz. Shunday ekan, ular tosni oldinga tortmaydi va umurtqaning dam olishi uchun tabiiy holatni keltirib chiqaradi.

20 daqida davomida shu holda turing va siz mushaklardagi charchash va zo‘riqish yo‘qolganini darrov sezasiz. Ishda bu mashqni bajara olmaganingiz sabab, uyga kelgach, bu holatda turishni odat qiling.

Manba: Like It

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Belni sog‘lom saqlash uchun kuniga 20 daqiqa ajrating