Qalampir hammaga birday xush yoqadigan achchiq ta’mli, xushbo‘y va ishtaha ochar mahsulot bo‘lib, uning asl vatani Amerikadir. Shunga qaramay, hozirda bu sabzavot hamma joyda yetishtiriladi. Chunki qalampir bir qancha shifobaxsh xususiyatlarga ega.
Qalampir o‘zining kuydiruvchi va achishtiruvchi xususiyati bilan organizmdagi mikroblarni yo‘q qiladi. Ayniqsa, shamollashga qarshi kurashishda qalampirga teng keladigani yo‘q.
Shuningdek, qalampir yo‘g‘on ichak ichidagi toksinlarni ham haydab chiqaradi.
Bundan tashqari, qalampir butun boshli organizmning qarishini sekinlashtiradi, xavfli va xavfsiz shishlarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, ya’ni saraton rivojlanishining oldini oladi.
SARATONGA QARShI KUChLI VOSITA
Amerikalik olimlar saraton bilan kurashishda yordam beruvchi vositani aniqlashdi. Bu — qalampir. Ko‘plab ziravorlar, ayniqsa, achchiq ziravorlarning zararli ekani haqidagi ma’lumotlarga qaramay, Garvard olimlari xitoyliklarni uzoq muddat kuzatib, ularning taomnomasiga e’tibor berib, ovqatga achchiq ziravorlar qo‘shib iste’mol qilgan kishilarda boshqalarga nisbatan erta o‘lim xavfi uch barobar kam ekanini aniqlashdi. Bu achchiq ziravorlar organizmni to‘liq himoya qiladi, degani emas, albatta. Biroq qandli diabet va yurak kasalliklari kabi o‘lim bilan tugaydigan xastaliklar xavfini kamaytirish uchun taomga yangi qalampir qo‘shish maqsadga muvofiqligi aniq.
Tadqiqotchilar bergan ma’lumotlarga ko‘ra, saraton kasalligining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatish va oldini olishda yangi qalampir iste’mol qilish juda foydali.
KIMLARGA MUMKIN EMAS?
Qalampir iste’mol qilish gastrit, kolit va oshqozon-ichak yarasi bor kishilarga tavsiya etilmaydi. Ayniqsa, kuchli yallig‘lanish va ochiq jarohatli joylarga aslo tekkazish mumkin emas.
Eslatma: qalampir o‘ta foydali bo‘lishiga qaramay, uni qo‘lda ushlagach, albatta, qo‘lingizni chaying. Agar qalampirli qo‘l bilan yuzingizni ushlasangiz, albatta, yuzingizga nordon qatiq surting. Aks holda allergik holatlar kelib chiqishi mumkin.
XALQ TABOBATIDA…
Qalampir nafaqat organizmdagi shamollashni oladi, balki tomoq yo‘lidagi balg‘amni ko‘chiradi va yaxshigina terlatadi. Bu esa nafaqat nafas yo‘llaridagi, balki butun organizmdagi shamollashni bartaraf etadi.
Garmdori ichaklarni qurt va gijjalardan tozalaydi hamda ularning faoliyatini yaxshilaydi. Buning uchun yangi uzilgan qalampirdan to‘g‘rab, suyuq taomlarga qo‘shib iste’mol qiling.
Qadimda qalampirdan yurak-qon tomir tizimi faoliyatini stimullashtirishda, hattoki yurak xurujini davolashda ham foydalanishgan. Ammo zamonaviy tibbiyotda buni maslahat berishmaydi. Chunki o‘zboshimchalik bilan qalampirdan noto‘g‘ri foydalanish noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Qalampirdan zamonaviy tibbiyotda persovka, ya’ni qalampirli plastirlar tayyorlab, revmatizm va boshqa bo‘g‘im kasalliklariga qarshi foydalanishadi. Bunday muolaja bo‘g‘imlardagi og‘riqlarni bosadi va harakatlanishni yaxshilaydi.
Garmdori tarkibidagi achishtiruvchi va yondiruvchi kasaitsin moddasi oshqozondagi har qanday taomning hazm bo‘lishiga yordam beradi va ishtahani ochadi.
Shuningdek, qalampir tarkibidagi yog‘, karotin, shifobaxsh vitamin va minerallar garmdorining limondan ham foydaliroq ekanini ko‘rsatadi.
Qalampirdan tayyorlangan dori bosh og‘rig‘ini qoldiradi. Asabni tinchlantirib, tungi uyquni yaxshilaydi, ya’ni uyqusizlikka barham beradi.
Homiladorlikdagi taksikozdan xalos bo‘lish uchun qalampirdan foydalaning. Qalampir ko‘ngil aynishini to‘xtatib, ishtahani ochadi. Buning uchun guruch solingan qatiqli suyuq osh tayyorlab, unga mayda to‘g‘ralgan qalampirdan solib ichilsa, kifoya.
QALAMPIRLI SUYuQ TAOM BRONXIAL ASTMADAN XALOS ETADI
Garmdori bronxial astma va allergiyadan aziyat chekayotganlarga ham juda foydali. Buning uchun doim suyuq taomga bir chimdim qalampir qo‘shib ichsangiz kifoya. Shuningdek, qalampir qo‘shilgan suyuq taomlar yordamida oshqozon-ichak va yo‘g‘on ichakdagi bakteriyalarni o‘ldirish mumkin.
Bunday suyuq taomlar qon aylanishini yaxshilaydi, qon tomirlarida tugunaklar paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi.
YoShARTIRUVChI NIQOB
Qalampirdan kosmetologiyada ham keng foydalaniladi. Ya’ni undan yuz terisi uchun yoshartiruvchi niqob tayyorlanadi. Buning uchun 1 dona kichikroq qalampirni go‘sht qiymalagichdan chiqaring va unga biroz yog‘siz qatiq qo‘shib, yaxshilab aralashtiring. Darmondori tayyor bo‘lgach, uni uxlashdan oldin yuzga surtib, 5 daqiqadan so‘ng yuvib tashlang.
Sochlarni mustahkamlash uchun 7 dona qalampirga 1 stakan qatiq aralashtirib, sochingizga surting va 20-25 daqiqadan so‘ng yuving. Qalampir tarkibidagi foydali moddalar soch ildizini mustahkamlab, tolasini qalinlashtiradi va o‘stiradi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Kimyoviy vositalar bilan daraxtlarga shikast yetkazganlik uchun javobgarlik belgilandi
Peskov maxsus harbiy operatsiya qachon tugashini aytdi
JCH-2026 saralashi. Indoneziya Saudiya Arabistonini sensatsion tarzda mag‘lubiyatga uchratdi