
Barselona hujumchisi Markus Rashford dushanba kuni, "El-Klasiko"dan bir kun keyin, ijtimoiy tarmoqlarda o'z fikrlarini bildirdi. Ma'lumki, "ko'k-anorranglilar" Madridda 1:2 hisobida mag'lub bo'lishdi.
"Albatta, bu biz kecha xohlagan natija emas edi. Lekin mavsum bu marafon, sprint emas.
Biz kurashda davom etamiz!" - deb yozdi Rashford. "El-Klasiko"da Markus Rashford Fermina Lopesga golli pas uzatib, o'yinga hissa qo'shdi.
"Barselona" hozirda peshqadam "Real"dan 5 ochkoga orqada bormoqda. Keyingi turda Hans-Diter Flik jamoasi 2-noyabr, yakshanba kuni "Elche"ni qabul qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar