Foto: Marie Claire
Parhezshunoslar qandolat mahsulotlarini quritilgan mevalar bilan almashtirishni maslahat beradi, ammo ular hatto tabiiy mahsulotlar ham organizmga zarar yetkazishi mumkinligini unutadi.
U holda organizm uchun nima quritilgan mevalardan ko‘ra foydali bo‘lishi mumkin? Mahsulot tarkibida ovqat hazm qilish jarayoni va metabolizmni rag‘batlantiradigan ko‘p miqdorda kletchatka mavjud. Bundan tashqari, quritilgan olxo‘ri, o‘rik va uzum yangi mevasiga qaraganda ko‘proq vitamin va minerallarni o‘z ichiga oladi. Ammo ma’lum bo‘lishicha, barcha quritilgan mevalar birdek foydali emas.
Tarkibida shakar mavjud
Umuman olganda, quritilgan mevalarning eng katta tabiiy kamchiligi shundaki, quritilganda meva va rezavorlardagi shakar konsentratsiyasi sezilarli darajada oshadi. Ya’ni 100 gramm yangi o‘rikda 50 kkal, quritilgan o‘rikda esa 200-250 kkal mavjud. Bundan tashqari, allergiyaga moyil insonlar hushyorlikni yo‘qotmasligi kerak. Misol uchun, quritilgan sitrus mevalari kuchli allergik reaksiyaga olib kelishi mumkin. Ammo quritilgan mevalarning bunday xususiyati tashqi omillar kabi organizmning holatiga kuchli ta’sir qilmaydi.
Kimyoviy moddalar bilan quritilgan mevalar
Kimyoviy moddalar ko‘pincha quritilgan mevalarni saqlash muddatini uzaytirish va chiroyli ko‘rinishga erishish uchun ishlatiladi. To‘g‘ri, barcha quritilgan mevalar bunday xavf tug‘dirmaydi. U holda qanday qilib foydali mahsulotni zararlisidan ajratish va to‘g‘ri tanlov qilish kerak?
To‘g‘rirog‘i, xaridorni birinchi navbatda mahsulotning tashqi ko‘rinishi o‘ziga tortadi, shundan keyingina uning sifati haqida o‘ylanadi. Ammo, afsuski, yorqin rang va tashqi go‘zallik mahsulotning yaxshi holatining kafolati emas. Uzum va o‘rik oltingugurt dioksidi bilan ishlanadi, shundan so‘ng quritilgan o‘rik — yorqin to‘q sariq rang va uzumdan sarg‘ish mayizga aylanadi.
Yana bir shubhali belgi quritilgan olxo‘ri va o‘riklarning g‘alati ta’mi bo‘lishi mumkin. Olxo‘rini tabiiy usulda, quyoshda yoki soyada quritish juda qiyin, u tezda nordon bo‘lib qoladi. Jarayonni tezlashtirish uchun ular benzin yoki gaz pechlarida quritiladi. Ammo tayyor bo‘lgan quritilgan mevalar benzinning ta’mini olishi mumkin.
Shunday qilib, tajriba shuni ko‘rsatadiki, quritilgan mevalarni zararli qiladigan tabiat emas, balki, afsuski, ishlab chiqaruvchilardir. Shuning uchun sevimli mahsulotni sotib olayotganda, ko‘proq ehtiyot bo‘lish kerak va eng muhimi, asosiy qoidani yodda tutish lozim: mahsulotdagi go‘zallik kamroq bo‘lsa, u shunchalik foydali bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”