16:28 / 09.04.2022
3 551

Vazn yo‘qotish uchun chia urug‘larini qanday qabul qilish kerak?

Vazn yo‘qotish uchun chia urug‘larini qanday qabul qilish kerak?
Foto: Pinterest
Ushbu urug‘ uzoq vaqtdan beri supermahsulotlar ro‘yxatiga kiritilgan juda sog‘lom oziq-ovqatdir. Ammo uning asosiy vazifasi vazn yo‘qotish jarayonini tezlashtirish hisoblanadi.

Chia urug‘lari Janubiy Amerikada, xususan, Meksika va Gvatemalada o‘sadi, ammo bugungi kunda ular butun dunyoda juda mashhur va foydali mahsulotlar ro‘yxatiga kiritilgan. Chia deyarli barcha organizm tizimlarining ishlashi uchun muhimdir, lekin ular, ayniqsa, vazn yo‘qotmoqchi bo‘lganlar uchun, qisqa vaqt ichida bir necha kilogramm yo‘qotishi kerak bo‘lganlar uchun ham foydalidir.

Nima uchun chia urug‘lari haqiqatan ham supermahsulot?
Urug‘lar ko‘p miqdorda foydali moddalarni o‘z ichiga oladi, bu esa ularni chinakam noyob mahsulotga aylantiradi.

Chia sutga qaraganda 6 baravar ko‘p kalsiyga ega. Temir tarkibi grechkadan deyarli 7 baravar ko‘p, hujayralarni kislorod bilan to‘yintiradigan, erkin radikallarga qarshi kurashadigan va o‘simta paydo bo‘lishining oldini oladigan antioksidantlar qorag‘atdan 3 baravar, apelsindan 9 baravar ko‘p.

Mahsulotning uchdan bir qismi ichakning normal faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydigan, uzoq vaqt to‘qlik hissi va ishtahani kamaytirish, shuningdek, metabolizmni tezlashtirish uchun javobgar bo‘lgan kletchatkadan iborat.

Urug‘larda don mahsulotiga qaraganda ko‘proq oqsil mavjud. Shuning uchun ham ularni vegetarianlar juda yaxshi ko‘radi.

Vegetarianlar uchun foydali bo‘lgan yana bir element triptofandir. O‘simlik mahsulotlarda juda kam uchraydi, asosan go‘sht va sut mahsulotlarida mavjud. Ayni paytda, triptofan asab tizimi va stressni boshqarish uchun muhimdir.

Asosan yog‘li baliqlarda mavjud bo‘lgan omega-3 yog‘ kislotalari chia tarkibida ham yetarli miqdorda mavjud. To‘g‘ri, shuning uchun urug‘lar kaloriyalarda juda yuqori, lekin ular kam-kamdan iste’mol qilinadi. Foydali kislotalar miya va asab tizimining ishlashi, terining go‘zalligi va yomon xolesterinni bartaraf etish uchun zarurdir. Ushbu kislota va yog‘lar mahsulotni pishirish jarayonida deyarli yo‘qolmaydi.

Shuningdek, chia tarkibida C, A, E vitaminlari, B guruhi, magniy, fosfor, kaliy, marganes, rux mavjud.

Chia urug‘ining sog‘liq uchun 11 ta foydasi:
- ovqat hazm qilish tizimining faoliyatini yaxshilaydi;
- qon bosimi, xolesterin va shakar darajasini pasaytiradi;
- tanani yoshartirishga yordam beradi;
- mushak, suyak, soch va tishlarni mustahkamlaydi;
- vazn yo‘qotishda samarali;
- toksinlarni chiqarib tashlaydi;
- yurak-qon tomirlarni mustahkamlaydi;
- saraton kasalligining oldini olishga yordam beradi;
- stressni kamaytiradi;
- yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega;
- uyqusizlikning oldini oladi.

Nojo‘ya ta’siri
Avvalo, chia uchun allergik reaksiyani tekshirish kerak. Ulardan butunlay voz kechish kerak bo‘lgan holat va kasalliklar mavjud:
- past qon bosimi;
- qon ivishining yomonlashishi;
- buyrak yetishmovchiligi;
- qalqonsimon bez kasalligi;
- ich qotishi;
- meteorizm;
- homiladorlik va laktatsiya.

Qanday shaklda qabul qilish kerak?
Butun urug‘lar. Ular mustaqil ravishda gazak sifatida xizmat qilishi mumkin. Bundan tashqari, suv qo‘shish va 15 daqiqaga qoldirish mumkin. Suyuqlik tufayli urug‘lar 12 martaga kattalashadi, jelega aylanadi. Suv o‘rniga yogurt yoki kefirdan foydalanish mumkin. Urug‘lar har qanday oziq-ovqatga qo‘shilsa bo‘ladi. Biroq kuchli issiqlik bilan ishlov berish bilan uning foydalarini kamaytirishi mumkin, shuning uchun uni pishirilgan ovqatga qo‘shish yaxshiroq.

Kukun. Chia maydalanib, xamir, sous, garnir va har qanday taomlarga qo‘shilishi mumkin.

Yog‘. Bundan tashqari, tayyor holda sotib olinadigan mahsulot mavjud. Yog‘ ham urug‘lardan kam foydali emas. U ovqat hazm qilishni me’yorlashtiradi, qon tomirlarini tozalaydi, erkin radikallar bilan kurashadi, mushaklarni bo‘shashtirishga va og‘riqni yo‘qotishga yordam beradi, migren va yuqumli kasalliklarning alomatlarini kamaytiradi. Lekin me’yorni oshirib yubormaslik kerak. Kundalik norma — 1 choy qoshiq.

Ushbu mahsulotning sog‘liq uchun juda ko‘p afzalliklari bor bo‘lishiga qaramay, u ko‘pincha vazn yo‘qotish uchun ishlatiladi. Internetdagi sharhlar shuni ko‘rsatadiki, chia urug‘lari vazn yo‘qotish uchun juda samarali.

Natijaga olib keladigan asosiy qoida — qabul qilishning muntazamligi. Birinchi natijalar bir oy ichida ko‘rinadi — vazn yo‘qotish jarayoni boshlanishi bilan birga yengillik hissi paydo bo‘ladi, ovqat hazm qilish jarayoni me’yorlashadi, ishtaha pasayadi, kayfiyat ko‘tariladi va terining holati yaxshilanadi. Mahsulotni kamida 6 hafta davomida qabul qilish tavsiya etiladi.

Vazn kamaytirishdagi foydalari:
- metabolizmning tezlashishi;
- yog‘ erishi;
- toksinlarni yo‘q qilish;
- ishtahaning pasayishi;
- to‘qlikning oshishi va ochlikning kamayishi;
- terining yaxshilanishi.

Uning sof shaklida ovqatdan 20-30 daqiqa oldin iste’mol qilgan yaxshidir. Bu to‘qlikni oshiradi va kamroq ovqatlanishga olib keladi. Chia parhez yegulik bo‘lib, bir stakan suvga bir qoshiq urug‘ solinadi va ichiladi. Urug‘lar oshqozonni to‘ldiradi va ochlik bezovta qilmaydi. Umuman olganda, suv har doim chia iste’moli bilan birga bo‘lishi kerak, aks holda chanqoq paydo bo‘ladi, eng yomon holatda suvsizlanish yuzaga keladi. Shuning uchun kuniga kamida 2 litr suv ichish tavsiya etiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Vazn yo‘qotish uchun chia urug‘larini qanday qabul qilish kerak?