date

Erdo‘g‘an: Harbiy to‘ntarishga aloqadorlar eng og‘ir jazolarni oladi

Erdo‘g‘an: Harbiy to‘ntarishga aloqadorlar eng og‘ir jazolarni oladi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va’da berdiki, mamlakatda davlat to‘ntarishi amalga oshirishga uringanlarni qattiq jazolar kutadi, deb yozmoqda "Kun" nashri.

"Harbiy yo‘l bilan davlat to‘ntarishi amalga oshirishga uringan guruhning barcha a’zolari qanday tizim vakili bo‘lishdan qat’i nazar og‘ir jazolanadi", degan Erdo‘g‘an Istanbul aeroportida jurnalistlarga.

U harakat bartaraf etilgani, mamlakat "okkupantlar qo‘lida emasligi"ni ma’lum qilgan.

Prezident hududlarda huquqni muhofaza qilish kuchlari tomonidan hibsga olishlar davom etayotganini ta’kidlagan.

Mamlakat bosh vaziri Binoli Yildirim bergan ma’lumotga ko‘ra, shu vaqtgacha davlat to‘ntarishiga urinishda ayblanib, 120dan ortiq kishi hibs qilindi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Erdo‘g‘an: Harbiy to‘ntarishga aloqadorlar eng og‘ir jazolarni oladi