date

José Mourinho Real Madridga qaytishi mumkin

José Mourinho Real Madridga qaytishi mumkin

Real Madrid jamoasida katta oʻzgarishlar kutilmoqda. Klub rahbariyati Álvaro Arbeloa oʻrniga bosh murabbiy sifatida José Mourinhoni qaytarish variantini jiddiy koʻrib chiqmoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Sky Sports xabariga koʻra, portugaliyalik mutaxassis hozirda asosiy nomzod hisoblanadi. Klub bosh direktori Jose Angel Sanchez ushbu transfer tashabbuskori boʻlib, u allaqachon murabbiyning vakillari bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.

The Athletic nashrining taʼkidlashicha, Florentino Pérez ham Mourinhoning qaytishini qoʻllab-quvvatlamoqda. Biroq, 63 yoshli murabbiy klubga qaytish uchun ikkita asosiy shart qoʻygan: transferlar masalasida toʻliq nazorat va jamoa tarkibini shakllantirishda mustaqil qaror qabul qilish huquqi.

Hozirda Benfica klubini boshqarayotgan José Mourinho kelajagi borasida aniq vaʼda berishdan bosh tortdi. Uning shartnomasida 3 million yevrolik tovon puli mavjud boʻlib, Real Madrid bu mablagʻni toʻlab, murabbiyni yozda oʻz safiga qoʻshib olishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » José Mourinho Real Madridga qaytishi mumkin