Jose Mourinho Real Madridga qaytishi mumkin

Portugaliyalik mutaxassis Jose Mourinho 2010-2013-yillardan keyin Real Madrid boshqaruviga yana qaytishi mumkinligi haqida xabarlar ko'paymoqda. Klub rahbariyati, jumladan prezident Florentino Pérez va bosh direktor Jose Angel Sanchez tajribali murabbiyning qaytishini qo'llab-quvvatlab, uning vakillari bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Murabbiy kelishuv uchun jamoada to'liq nazoratga ega bo'lish va transfer siyosatida hal qiluvchi ovozga ega bo'lish shartini qo'ygan.
Portugaliyalik mutaxassis Jose Mourinho yana Real Madrid boshqaruviga qaytishi mumkinligi haqidagi xabarlar tobora koʻpaymoqda. Sky Sports nashrining yozishicha, 2010-2013-yillarda jamoani boshqargan murabbiy hozirda asosiy nomzod sifatida qaralyapti. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Maʼlumotlarga koʻra, Real Madrid rahbariyati Mourinho vakillari bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Klub bosh direktori Jose Angel Sanchez va prezident Florentino Pérez tajribali murabbiyning qaytishini qoʻllab-quvvatlamoqda.
Biroq, Mourinho kelishuv uchun ikkita muhim shart qoʻygan. U jamoada toʻliq nazoratga ega boʻlishni va transfer siyosatida hal qiluvchi ovozga ega boʻlishni talab qilmoqda.
Ayni damda Benfica klubida faoliyat yuritayotgan murabbiy oʻz kelajagi borasida aniq vaʼda berishdan bosh tortdi. Uning shartnomasida 3 million yevrolik tovon puli mavjud boʻlib, Real Madrid bu mablagʻni toʻlab, uni yozda oʻz safiga qoʻshib olishi mumkin.































Izohlar 0
…