Buyuk Britaniyada xantavirus infeksiyasi bilan bog‘liq yana bir holat rasman tasdiqlandi

Buyuk Britaniyada xantavirus infeksiyasining yana bir holati rasman tasdiqlandi. Britaniya Sog‘liqni saqlashni himoya qilish agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, MV Hondius kruiz kemasida bo‘lgan Britaniya fuqarolari orasida uchinchi bemor aniqlangan. Shuningdek, Tristan-da-Kunya orolida yana bir gumonli holat tekshirilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, MV Hondius kemasi yaqin kunlarda Tenerifega yetib kelishi kutilmoqda. Britaniya rasmiylari hozirda kemada bo‘lgan fuqarolarni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Agentlikka ko‘ra, hozircha ularda kasallik belgilari kuzatilmagan.
Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ushbu kemada xantavirus infeksiyasining yettita holati aniqlanganini ma’lum qilgan edi. Virus oqibatida uch kishi hayotdan ko‘z yumgan, yana bir bemor Janubiy Afrikada reanimatsiyada qolmoqda. Ikki nafarga esa shoshilinch tibbiy evakuatsiya zarurligi aytilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!