Ozoda Nursaidovaning sirli sevgani kim?

O‘zbekistonning taniqli xonandalaridan biri Ozoda Nursaidova navbatdagi intervyusi davomida shaxsiy hayoti bilan bog‘liq savollarga ham munosabat bildirdi. Suhbat jarayonida jurnalist xonandaga avvalroq aytgan “Menga sovchi yubormanglar, sevganim bor” degan gapini eslatib, muxlislarni qiziqtirayotgan savolni o‘rtaga tashladi.
“Bu gapni aytganingizga yarasha, endi sevgan insoningizni ham tanishtirmaysizmi?” deya hazilomuz tarzda savol berdi.
Ozoda Nursaidova esa bu savolga kulib javob qaytarib, sirni to‘liq ochiqlamadi. Shunga qaramasdan, xonanda muxlislarga qiziq ishora qoldirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, xonanda sevgan insonining kimligini aniq aytmagan bo‘lsa-da, uning konsertiga qaysi kuni kelishini tilga oldi. Bu esa ijtimoiy tarmoqlarda muxlislar orasida yanada katta qiziqish uyg‘otdi. Ayrimlar xonandaning hazil aralash javobini muhokama qilgan bo‘lsa, boshqalar “sirli sevgi” mavzusiga oid taxminlar bildirmoqda.
Ozoda Nursaidova esa har doimgidek shaxsiy hayoti haqida ortiqcha tafsilot bermasdan, muxlislar qiziqishini yanada oshirishga muvaffaq bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!