Dunyo biladi, to‘tiqushlar qaysi zotga taalluqli bo‘lishidan qat’i nazar gapirishga layoqatli, aqlli va boshqa qushlarga nisbatan ancha farosatli.
Yaqinda Londonda xuddi shunday to‘tilardan biri nafaqat egasi, balki butun boshli Angliya ahlini hayratga sola bildi. U Jako zotiga tegishli bo‘lib, laqabi «Baddi». Xo‘jaykasi 39 yoshli Koriyenn Pretorius kechki payt ishdan kelib endi uyiga kirgandi, eshik taqillab qoldi. Ochsa, ostonada Internet savdo kompaniyalaridan birining kureri turibdi.
— Siz ikki dona sovg‘alar solinadigan qutichaga buyurtma bergan ekansiz, — dedi kurer. — Marhamat qilib olib qolsangiz!
— Voy, men hech narsaga buyurtma bermaganman, — dedi hayron bo‘lib ayol. — Adashdingiz shekilli.
— Yo‘q, aynan shu kvartiradan buyurtma berilgan!..
Xullas, bu chigallikni birgalashib yechishga kirishib ketishdi. Tortishishdi, har ikkisi o‘z so‘zini isbotlash harakatiga tushdi. Internetni yoqqach esa… Ayol hayratdan qotib qoldi. Ma’lum bo‘ldiki, «Baddi» laqabli besh yashar Jako zotiga mansub to‘tiqushi u yo‘g‘ida internetni yoqqan, «Alexa» internet onlayn savdo kompaniyasi saytiga kirgan. Keyin esa «Amazon» ovozli xizmat orqali ikkita sovg‘a solinadigan qutichaga buyurtma bergan. Haqiqatan, buyurtma berilgan ovoz «Baddi»ga tegishli edi.
Ekspertlarning fikricha, Jako zotiga mansub to‘tilar bir yarim mingtagacha so‘zlarni yodda tuta oladi. Bundan tashqari, ular o‘zi yodlagan so‘zlarning aksariyati qanday ma’no berishigacha aytib bera oladi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi