Yaponiyaning Yokogama universiteti shifokorlari nikoh qurgan erkaklar oladigan ustunliklarni aytishdi. Bunga bag‘ishlangan tadqiqot Myunxenda qand qasalligini o‘rganish bo‘yicha Evropa uyushmasining har yillik uchrashuvida taqdim qilindi. U haqda qisqacha The Daily Mail nashriga asoslanib "Kun" xabar bermoqda.
Olimlar uylangan erkaklar bo‘ydoqlardan ikki marta kamroq ortiqcha vazn va u bilan bog‘liq kasalliklarga ega bo‘lishlarini ko‘rsatdilar. Misol uchun, uylanganlarda qand kasalligi, yuqori bosim va semizlik bilan bog‘langan metabolik sindrom kamroq rivojlanadi.
Shifokorlar 270 dan ko‘proq odamni o‘rgandilar, ularning o‘rtacha yoshi 65 yoshni tashkil qilgan. Barcha ishtirokchilarda ikki turdagi diabet qayd qilingan. Ulardan 180 nafari uylangan, 90 nafari esa bo‘ydoq.
Olimlar respondentlarning vazni indeksini aniqlab, ularda tirik to‘qimaning miqdorini o‘lchashdi. Natijalarning ko‘rsatishicha, uylangan erkaklar o‘rtacha bo‘ydoqlarga qaraganda ikki marotaba kamroq ortiqcha vazndan aziyat chekishadi.
Uylanganlarda tirik to‘qima miqdori o‘rtacha 18,9 kg ni, bo‘ydloqlarda esa 23,5 kg ni tashkil qilgan. Uylanganlar bo‘ydoqlarga nisbatan 58 foiz kamroq metabolik sindrom rivojlanishi xatariga ega bo‘lganlar.
Olimlarning ta’kidlashicha, ular tomonidan topilgan o‘zaro bog‘liqlik faqatgina erkaklarda namoyon bo‘ladi. Shifokorlar uylangan erkaklar bo‘ydoqlarga nisbatan sog‘lomroq bo‘lishining sababini uylanganlar rasionalroq ovqatlanishi va o‘z vaqtida tibbiy yordamga murojaat qilishlarida ko‘rmoqdalar. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
Dunyoni kezish istagini uyg‘otadigan, sayohatga ilhomlantiruvchi 5 ta film
PSJ dan 30 ta zarba, 0 ta gol!
Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi
Zelenskiy va Budanovni yo‘q qilmoqchi bo‘lgan agentlar fosh etildi
Rossiyalik xaker uchun 10 million dollar va’da qilindi