Trend Force analitiklarining prognoz qilishicha, joriy yilning yakuniga borib jahon bozorida noutbuklarning sotuvi 4 %ga kamayadi va 157,9 mln donani tashkil qiladi. 2017 yilda esa bu ko‘rsatkich 150,7 donagacha tushib ketishi mumkin.
Mutaxassislarning hisobiga ko‘ra, 2016 yilda sotilgan jami noutbuklarning 28 foizini Full HD panellarga to‘g‘ri kelmoqda. Kelgusi yilda bunday aniqlikdagi noutbuklarning keskin ortishini kutish kerak emas. Sababi Full HD ekranli noutbuklarning umumiy tizimga qo‘yadigan talablari yuqori, buning ustiga komponentlari ham qimmat. Natijada ushbu omil noutbukning umumiy narxiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi (15-20 %ga qimmatroq). Eng qizig‘i, IPS texnologiyasida yasalgan Full HD ekranlarning narxi TD matrisasidan tayyorlangan HD panellarga qaraganda 50-100 foizga yuqori.
Shunday bo‘lsa-da, 2017 yilda Full HD panelli noutbuklarning jahon bozoridagi ulushi ortadi va taxminan 34-35 %ni tashkil qiladi. Hozircha HP kompaniyasi 22,2 % (2016 yil yakunlariga binoan) ulush bilan jahon noutbuk bozorida etakchilik qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?