17:48 / 29.11.2016
6 300

Ryuzak-kompyuter Zotas VR sotuvga chiqariladi

Ryuzak-kompyuter Zotas VR sotuvga chiqariladi

Zotas kompaniyasi tez orada o‘zining ryuzak-kompyuter form-faktoridagi Zotas VR nomli gadjeti sotuvga chiqarishi haqida ma’lum qildi, deb yozmoqda Terabayt.uz sayti. Ushbu antiqa kompyuter virtual reallik qurilmalari bilan foydalanishga mo‘ljallangan bo‘lib, joriy yilning yoz oylarida Computex 2016 ko‘rgazmasida namoyish qilingan edi.

Kompyuter Intel Core i7-6700T prosessorida ishlaydi, unga 8 GB videoxotiraga ega NVIDIA GeForce GTX 1070 grafikasi o‘rnatilgan. Operativ xotirasining sig‘imi – 16 GB. 240 GB M.2 SSD va 2,5 dyuymli vinchester uchun maxsus joy ko‘zda tutilgan. Portlardan oltita USB 3.0, uchta HDMI 2.0 va ikkita DisplayPort 1.3 mavjud. Wi-FI (802.11ac), Bluetooth 4.2 va Ethernet interfeyslari qo‘llab-quvvatlanadi.

Qurilmaning og‘irligi 4,5 kg. 9000 mA/soat sig‘imidagi batareya bilan ta’minlangan.

Narxi hozircha ma’lum emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Ryuzak-kompyuter Zotas VR sotuvga chiqariladi