Samsung va LG kompaniyalari O‘zbekistonda sotuvga chiqarilgan mashhur modeldagi smartfonlarning narxini tushirdi. Endilikda o‘zbekistonliklar Galaxy S5 va G3 smartfonlarini arzonroq narxda sotib olishi mumkin, deb yozadi Kun.uz.
Aytilishicha, Galaxy S5 smartfoni G3’ga nisbatan 100 ming so‘m arzonroqqa sotilmoqda. Umuman olganda, smartfonning narxi 200 ming so‘mga tushirilgan. May oyining boshida uning narxi 1.9 mln so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, 24 may holatiga ko‘ra bu ko‘rsatkich 1 748 000 so‘mga tenglashgan.
Ayni paytda, Galaxy S6 smartfonining narxi 2.9 mln so‘mligicha qolmoqda.
O‘z navbatida, LG kompaniyasi G3 smartfonlari narxini 2 mln so‘mdan 1 840 000 so‘mga tushirdi.
Bundan tashqari, ushbu smartfonlardan birinchi bo‘lib sotib olgan dastlabki 500 xaridorga 350 ming so‘m turadigan LG L60 smartfonlari sovg‘a qilinadi.
Mahalliy savdogarlarning ta’kidlashicha, oxirgi paytlarda Janubiy Koreyaning gigant korporasiyalari bilan O‘zbekiston bozorida Xitoyning kichik, tanilib ulgurmagan kompaniyalari keskin raqobat olib bormoqda. Ular taklif qilayotgan uskunalarning texnik tavsiflari Janubiy Koreya mahsulotidan deyarli farq qilmasa-da, narxlari ancha arzon. Shu bois Samsung va LG xaridorlarni ushlab qolish uchun shu kabi turli aksiyalar o‘tkazib turishga majbur bo‘lmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi