Buyuk Britaniyaning mashhur telekompaniyasi VVS televizorning boshqarish pulti bilan “abadiy kurashga” chek qo‘yishi mumkin bo‘lgan misli ko‘rilmagan tajriba o‘tkazmoqda. Kompaniya ixtirochilari televizion kanallarni miya faolligi yordamida bir-biriga o‘tkazishga yordam beruvchi qurilma ixtiro qilishdi, deb yozamoqda Kun.uz.
Ayni paytda tajribada 10 nafar ko‘ngilli ishtirok etmoqda, ular televizorni fikr kuchi bilan boshqaradilar, ularning fikrlarini esa ekranga maxsus qurilma yo‘naltiradi. Qurilmaning tashqi ko‘rinishi ham, uning vazifasi ham fantastik filmni eslatib yuboradi. Qurilma peshona va quloqlar atrofida joylashgan maxsus datchiklar yordamida miya to‘lqinlari elektr ensefalogrammasini o‘qib, uni maxsus dasturga uzatadi.
Tajriba ishtirokchilariga fikrlash orqali 5ta eng ommaviy kanallardan birini tanlash taklif qilindi. Ishtirokchilardan biri televizorni miya faolligi bilan boshqarish pultdan sekinroq amalga oshishini aytdi. Boshqa ishtirokchi esa qurilma fikrni jamlashning maxsus malakalarining mavjud bo‘lishini talab qilishi, chunki dasturda tegishli kanalni tanlashda bir necha soniya bekorga yo‘qolishini aytdi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
Rossiyalik xaker uchun 10 million dollar va’da qilindi
PSJ dan 30 ta zarba, 0 ta gol!
Samarqandda 8-sinf o‘quvchisi farzandli bo‘ldi
Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi
Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi
Olimpiadaga chiqqan futbolchilar qancha mukofot pullari olgani ma’lum bo‘ldi