Ford avtomobillari piyodani qorong‘uda ham sezadi

  • 17 mart 2017, 19:35
  • 3 701
  • Avto
  • Ford avtomobillari piyodani qorong‘uda ham sezadi

    “Ford” kompaniyasi kamera va maxsus radar vositasida yo‘l va trotuarni skanerlab piyodani aniqlaydigan yangi texnologiyani taqdim etdi. Piyoda borligi aniqlansa, haydovchi darhol ogohlantiriladi va u to‘xtamasa, mashina avtomatik ravishda tormozlanadi. Piyodani aniqlash texnologiyasi bamperdagi radardan va old oynadagi kameradan qabul qilingan axborot asosida ishlaydi.

    “Piyoda qiyofasi”ni tanib oluvchi tizim insonni daraxt va yo‘l belgisi singari ob’ektlardan ajrata oladi. Uning o‘z ma’lumotlar bazasi mavjud. Kamera bir soniyada 30ta tasvir oladi. Video haqiqiy vaqt rejimida olinadi, ko‘rish burchagi keng bo‘lgan kamera o‘tkinchilarni tungi chiroq, shuningdek, fara yorug‘ida ham taniydi, deb yozmoqda Carzone.uz sayti.

    Agar to‘qnashuv muqarrarligi aniqlansa, tizim haydovchiga ovozli va vizual signal beradi. Haydovchi tormozni bosmasa, tizim mashinani o‘zi tormozlaydi.

    Ford kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomaga asoslanilsa, evropalik erkak haydovchilarning 81 foizi tunda yo‘lda qo‘rquv hissini sezadi, ayollar orasida esa bu son 87 foizga tengdir. Aksar haydovchilar yo‘lni yaxshi ko‘rmasa, asabiylashadi va piyodani urib ketish xavfidan cho‘chiydi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Ford avtomobillari piyodani qorong‘uda ham sezadi