18:55 / 11.01.2020
7 286

Malibu Turbo va Tracker’ga yangi aksiya e’lon qilindi

Malibu Turbo va Tracker’ga yangi aksiya e’lon qilindi
UzAuto Motors "O‘zavtosanoat Lizing" kompaniyasi bilan hamkorlikda Chevrolet Malibu Turbo 1.5 hamda Tracker avtomobillarini imtiyozli shartlarda lizingga sotib olishni taklif qilmoqda.

Aksiya shartlariga ko‘ra, yuridik shaxslar avtomobillarning 30% narxini to‘lab, qolgan summasini 3 yil davomida yillik 20% ustama bilan xarid qilishlari mumkin.

Aksiya 2020 yilning 11 dan 31 yanvariga qadar davom etadi. Avtomobillarni ushbu shartlarda O‘zbekistondagi barcha rasmiy dilerlardan xarid qilish mumkin.
Bundan tashqari, 10 dona avtomobil xarid qilgan korporativ xaridorlar avtomobil xaridida qo‘shimcha imtiyoz va xizmat ko‘rsatishga ega bo‘ladilar.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Malibu Turbo va Tracker’ga yangi aksiya e’lon qilindi