date

Pavel Durov Telegram Rossiya moliyasiga bog'liq emas

Pavel Durov Telegram Rossiya moliyasiga bog'liq emas

Telegram asoschisi Pavel Durov Financial Times nashrida Telegram’ning ayrim qimmatli qog'ozlari sanksiyalar sabab bloklangani haqida chiqqan xabar aslida 2021 yilgi eski emissiyaga taalluqli ekanini ma’lum qildi. Uning aytishicha, o‘sha qimmatli qog'ozlar deyarli to‘liq yopib bo‘lingan. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Durovga ko‘ra, Telegram’ning yaqinda $1,7 mlrd miqdorida o‘tkazgan joylashtiruvida rossiyalik investorlar umuman qatnashmagan. “2021 yilda chiqarilgan eski qog'ozlar asosan to‘langan va hozir muammo tug‘dirmaydi”, — deya u o‘z kanalida yozdi.

KOD.ru xabariga ko‘ra, Telegram obligatsiyalar bo‘yicha to‘lovlarni vositachiga o‘tkazadi, keyin u mablag'ni investorlar o‘rtasida taqsimlaydi. Agar kimdir sanksiyalar sabab pulini ololmagan bo‘lsa, bu kompaniyaning javobgarligi doirasiga kirmaydi.

Shuningdek, 2021 yildagi qog'ozlar biznesdagi ulush emas, balki qarz majburiyati ekani qayd etiladi. Ularning egalariga faqat foiz to‘lovlari va moliyaviy hisobotlar bilan tanishish imkoniyati beriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Pavel Durov Telegram Rossiya moliyasiga bog'liq emas