11:53 / 26.01.2017
12 380

“Million” aprelda Davron Kabulovsiz konsert beradi?!

“Million” aprelda Davron Kabulovsiz konsert beradi?!

Xabaringiz bor, ikki yarim yillik tanaffusdan so‘ng “Million” jamosi 2016 yilning 14-21 sentyabr kunlari “Istiqlol” san’at saroyida navbatdagi konsert dasturini taqdim etgan edi. Mazkur konsert dasturi disklari sotuvga chiqqanidan keyin shov-shuvlar tinmadi.

Bu orada esa “Million”chilar allaqachon yangi konsert dasturiga tayyorgarlikni boshlab yuborgan edi. Guruhning galdagi konsert dasturi joriy yilning 24-28 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi. Konsert kunlari haqidagi ma’lumotlar berilgan afishani guruh a’zolari bugun ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifalari orqali e’lon qildilar, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.

E’tibor qilsangiz, afishada guruh a’zosi Davron Kabulov ko‘rinmaydi. Bu Davron jamoani tark etgan, degani emas, bizningcha. Boisi u ham mazkur afishani ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga joylashtirdi. Biroq Davron Kabulovning surat ostiga “Har qanday vaziyatda ham biz bir jamoamiz”, deb yozib qoldirgani odamlar orasida turli xil gap so‘zlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda. Fikrimizcha, suratni tayyorlashda odamlarning e’tiborini tortish uchun reklama “o‘yini”dan foydalanilgan. Yana kim bilsin, qolganini vaqt ko‘rsatadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Million” aprelda Davron Kabulovsiz konsert beradi?!