Milana 6 yoshda: Shahzoda Muhammedova uchun eng baxtli kun

Milana 6 yoshda: Shahzoda Muhammedova uchun eng baxtli kun
Qisqacha

Aktyor va dizayner Shahzoda Muhammedova qizi Milananing 6 yoshga to'lgani munosabati bilan ijtimoiy tarmoqlarda ta'sirli video va iliq post joylashtirdi. U onalik unga olib kelgan haqiqiy baxt va hayotning mazmunini his qilishini ta'kidladi. Shahzoda qiziga uzoq umr, baxtli va omadli kelajak tilab, uni juda yaxshi ko'rishini bildirdi. Muxlislar ham Milanani tug'ilgan kuni bilan tabriklab, o'zlarining ezgu tilaklarini yo'llashdi.

Aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedova oʻz sahifasida qizi Milananing 6 yoshga toʻlgani munosabati bilan iliq va taʼsirli video post joyladi.

Ushbu post ostida aktrisa qalbdan chiqqan samimiy soʻzlarini yozib qoldirdi:

“Bugun — men ilk bor ona boʻlgan kun. Bir vaqtlar bu men uchun goʻyo ertak kabi, amalga oshmaydigan orzudek tuyulardi…

Baxt degan tushunchaning asl maʼnosini anglamay, faqat oʻqish, ish va karera bilan band boʻlgan paytlarimda uning haqiqiy mazmunini aynan ona boʻlganimdan soʻng his qildim.

Kechalari uxlamasa — birga uxlamayman, betob boʻlsa — birga qaygʻuraman, sevinsa — birga xursand boʻlaman, yigʻlasa — birga yigʻlayman. Bu faqat onaga xos tuygʻu!

Onalik — katta masʼuliyat. Va men bu vazifani munosib ado etyapman, deb oʻylayman. Oʻz tugʻilgan kunimni nishonlamasam ham, bolalarimnikiga alohida eʼtibor qilaman. Chunki ular tugʻilgan kunda men goʻyo yana qayta tugʻilgandek boʻlaman.

Milana, seni juda yaxshi koʻramiz, jonim bolam! Ilohim, umring uzoq, baxtli, goʻzal va qobiliyatli qiz boʻlgin. Hamisha barchani havas qildiradigan qiz boʻlib ulgʻay! Sen bilan butun dunyo faxrlansin! Kelajakda baxtli oila qurib, sevgan insoning bilan qoʻsha qarib, serfarzandli boʻlish nasib etsin!”

Izohlar boʻlimida ham koʻplab muxlislar Milanani tugʻilgan kuni bilan tabriklab, samimiy va ezgu tilaklarini bildirishdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar