BTS asoschisi hibs xavfida: 100 mln dollarlik janjal

1 daqiqa o'qish9.9K
BTS asoschisi hibs xavfida: 100 mln dollarlik janjal
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Janubiy Koreyada BTS guruhining asoschisi Pan Si Hyok investorlarni chalg'itib, 136 million dollarga yaqin mablag'ni noqonuniy yo'l bilan qo'lga kiritganlikda gumonlanmoqda.
  • Huquqni muhofaza qiluvchi organlar Pan Si Hyokni hibsga olish uchun order so'ramoqda, biroq uning himoyachilari barcha ayblovlarni rad etmoqda.

Janubiy Koreyada mashhur K-pop guruhi BTS bilan bogʻliq katta mojaro avj olmoqda. Mamlakat hukumati guruh asoschisi va prodyuseri Pan Si Hyokni investorlar bilan bogʻliq ehtimoliy moliyaviy firibgarlikda ayblamoqda. Bu haqda xalqaro Reuters agentligi xabar tarqatdi.

Maʼlum qilinishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tadbirkorni hibsga olish uchun rasmiy order soʻramoqda. Ayblovlar Pan Si Hyok rahbarlik qilgan HYBE musiqiy kompaniyasi faoliyati bilan bogʻliq boʻlib, aynan shu leybl orqali BTS jahon miqyosida mashhurlikka erishgan.

Tergov maʼlumotlariga koʻra, 2019 yilda Pan Si Hyok investorlarga kompaniya birjaga chiqmasligini bildirib, ularni chalgʻitgan. Natijada ayrim investorlar oʻz aktsiyalarini maxsus investitsiya fondiga sotgan. Biroq oradan koʻp oʻtmay, kompaniya baribir IPO oʻtkazgan va aktsiyalar narxi keskin oshgan.

Huquq-tartibot idoralari fikricha, mazkur sxema oldindan kelishilgan boʻlib, fond yuqori narxda aktsiyalarni sotib, katta daromad olgan. Bu jarayondan Pan Si Hyok ham manfaatdor boʻlgani va taxminan 30 foiz foyda — qariyb 200 milliard von (136 million dollar)ni qoʻlga kiritgani aytilmoqda.

Prodyuserning himoyachilar jamoasi esa barcha ayblovlarni rad etmoqda. Ular Associated Press agentligiga bergan bayonotida Pan Si Hyok tergov bilan uzoq vaqtdan beri hamkorlik qilib kelayotganini, ammo shunga qaramay uni hibsga olishga urinishlardan norozi ekanliklarini bildirishdi. Shu bilan birga, ular qonuniy jarayonlarda ishtirok etish va oʻz pozitsiyalarini himoya qilishni davom ettirishlarini taʼkidladi.

Qayd etilishicha, avgust oyidan beri Pan Si Hyokning mamlakatdan chiqishi taqiqlangan.

Eslatib oʻtamiz, u 2005 yilda Big Hit Entertainment musiqiy kompaniyasiga asos solgan. Oradan bir necha yil oʻtib, 2013 yilda aynan shu leybl doirasida BTS guruhi tashkil etilgan va qisqa vaqt ichida jahon sahnasida katta muvaffaqiyatga erishgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?