date

Yulduz Usmonova konsertda xushtakbozlikka keskin javob qaytardi — zalni hayratga soldi

Yulduz Usmonova konsertda xushtakbozlikka keskin javob qaytardi — zalni hayratga soldi

Xonanda Yulduz Usmonova konsert davomida yuzaga kelgan kutilmagan holatga keskin va ochiq munosabat bildirdi. U gapini yakunlaganidan soʻng, zaldan ayrim muxlislarning xushtak chalgan ovozlari eshitildi.

Shundan soʻng xonanda ularga qarata oʻz fikrini dadil ifoda etdi va sahnadagi muhitga nisbatan munosabat bildirdi. Uning soʻzlari zalda katta eʼtibor va bahsli reaksiyaga sabab boʻldi.

Uning aytganlari quyidagicha yangradi:

“Men latifa aytayotganim yoʻq, xushtak chaladigan. Agar ota-onangiz hayot boʻlishsa, ularning qadriga yetib, oyoqlarini oʻpib keling. Oʻsha xushtak chalgan ogʻizlaringiz bilan. Shunda toʻgʻri ish qilgan boʻlasiz. Oʻlgandan keyin hammamiz yigʻlaymiz, biz nega shunday qilamiz?”

Xonandaning bu keskin chiqishidan soʻng zalda bir zum jimlik hukm surdi, keyin esa koʻplab tomoshabinlar uni qarsaklar bilan qoʻllab-quvvatlashdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Yulduz Usmonova konsertda xushtakbozlikka keskin javob qaytardi — zalni hayratga soldi