07:06 / 06.08.2017
5 301

Video: Alpinistni qutqarmoqchi bo‘lgan vertolyot halokatga uchradi

Video: Alpinistni qutqarmoqchi bo‘lgan vertolyot halokatga uchradi
Avstriyadagi Alp tog‘larining eng baland cho‘qqisi bo‘lmish Grosglokner tog‘ida o‘zini yomon his eta boshlagan alpinistni qutqarishga kelgan vertolyot halokatga uchradi, deb yozadi Qalampir.uz nashri.

Bo‘lib o‘tgan hodisani boshqa cho‘qqida turgan alpinist suratga olishga ulgurgan. Kadrlardan qutqarilayotgan odam vertolyotga o‘tirishi bilanoq uchuvchi vertolyotni boshqara olmay qolganini ko‘rish mumkin.

Shuningdek, kadrda vertolyotning aylanib ketgani va parraklari bilan qutqaruv xizmati xodimiga tegar-tegmas, qoyaga borib urilganini ko‘rish mumkin.

Favqulodda hodisa yuz berganiga qaramay, vertolyot bortidagilar jabrlanmagan. Faqatgina tibbiy xodim kichik jarohat olganligi aniqlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Video: Alpinistni qutqarmoqchi bo‘lgan vertolyot halokatga uchradi