Er yuzini yana bir ofat kutadi...

  • 07 avgust 2017, 12:20
  • 9 749
  • Dunyo
  • Er yuzini yana bir ofat kutadi...
    Massachuset texnologiya universiteti olimlari Janubiy Osiyo davlatlari masalasiga qaytib, bu hududlarni asr oxiriga borib yangi ofat qarshi olishini ta’kidlashdi. Ularning aytishicha, 21- asr oxirida Janubiy Osiyo sahroga aylanarkan. Iqlim namligi shu qadar yuqori darajada bo‘lar ekanki, ayniqsa, bundan Hindiston va Pokiston ahli ko‘proq aziyat chekarkan.

    Atmosferada keragidan bir necha yuz barobar namlik paydo bo‘lgach, odamlar o‘z uylarini tashlab ketarkan. Albatta, ulgurishsa. Sababi, atmosferadagi namlik ortishi havo haddan ziyod isishini keltirib chiqararkan va odamlar qandaydir ikki soat ichida hayot bilan vidolashishga majbur bo‘lisharkan.

    Ha, amerikalik olimlar keyingi vaqtlarda faqat ofatlar haqida gapiradigan bo‘lishdi. Bu, shubhasiz, yana bir karra xudoni unutib qo‘yganlikdan darak demakdir. Afsuski, ular er bilan osmonning taqdiri Yaratgan xohish-irodasiga bo‘ysunishi haqida o‘ylab ko‘rishmayapti.


    Manba: Hordiq.uz

    » » Er yuzini yana bir ofat kutadi...