Arne Slot jamoasi “Fulhem”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

Angliya Premyer-ligasining 32-turida “Liverpul” o‘z maydonida “Fulhem”ni qabul qilib, ishonchli o‘yin namoyish etdi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. “Qizillar” raqib darvozasini ikki marta ishg‘ol qilib, muhim uch ochkoga ega bo‘ldi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida “Liverpul” ustunlikni qo‘lga olib, tezkor hujumlari bilan raqibni qiyin ahvolga soldi. Nguhoma 36-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, oradan to‘rt daqiqa o‘tib Saloh ikkinchi golni kiritib, ustunlikni mustahkamladi.
Ikkinchi bo‘limda “Liverpul” o‘yinni nazorat qilishga urg‘u berib, hisobni saqlab qolishga eʼtibor qaratdi. Slot shogirdlari o‘yinni xatosiz yakunlab, g‘alabani mustahkamlab qo‘yishdi.
Shu natija bilan Arne Slot jamoasi ochkolar sonini 52 taga yetkazdi va turnir jadvalida 5-pozitsiyani mustahkamladi. “Fulhem” esa 44 ochko bilan 11-o‘rinda qolmoqda.
APL. 32-tur
“Liverpul” – “Fulhem” 2:0
Gollar: Nguhoma 36‘, Saloh 40‘
Tarkiblar:
“Liverpul” – Mamardashvili, van Deyk, Konate, Soboslai, Ngumoha (Isak, 69), Robertson, Frimpong (Gomes, 69), Gakpo, Jons (Gravenberh, 46), Virts (Makallister, 68), Saloh.
“Fulhem” – Leno, Kastan, Andersen, Bassey, Robinson, Berg, Ivobi, Uilson, King (Smit-Rou, 46), Bobb (Lukich, 46), Munis (Ximenes, 80).
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!