Eʼzoza Karimova pedagoglarga muhim etika va masʼuliyat chaqiruvi qildi

1 daqiqa o'qish259
Eʼzoza Karimova pedagoglarga muhim etika va masʼuliyat chaqiruvi qildi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova tizimda faoliyat yuritayotgan barcha taʼlim muassasalari xodimlariga rasmiy murojaat bilan chiqdi. Unda pedagoglardan bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini hurmat qilish, ularning ruhiy holatiga ehtiyotkorlik bilan yondashish ustuvor vazifa ekani alohida taʼkidlandi.

Murojaatda qayd etilishicha, har bir o‘qituvchi va tarbiyachi uchun bolalarni asrash, ularga nisbatan ehtiromli munosabatda bo‘lish hamda sog‘lom psixologik muhitni taʼminlash asosiy kasbiy tamoyilga aylanishi shart.

Vazir pedagogik jamoalarni har qanday noo‘rin harakatlar, beparvolik yoki masʼuliyatsizlik holatlarining oldini olishga chaqirar ekan, kasbiy etika meʼyorlariga qatʼiy rioya qilish va yuqori madaniyat ko‘rsatish zarurligini urg‘uladi.

Shuningdek, taʼlim muassasalarida barqaror, ijobiy va insonparvar muhit yaratish, bolalarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish har bir xodimning asosiy burchi ekani taʼkidlandi.

“Har qanday vaziyatda amaldagi qonunchilik, ichki tartib-qoidalar va kasbiy etika talablariga to‘liq amal qilinishi shart. Bu borada loqaydlikka mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi. Har bir xodim o‘z faoliyati natijalari uchun shaxsan javobgar ekanini chuqur anglashi lozim. Rahbar sifatida sizlardan doimiy hushyorlik, yuksak masʼuliyat va fidoyilikni kutaman”, — deyiladi vazir murojaatida.

Mazkur chaqiriq taʼlim tizimida intizom, masʼuliyat va bolalarga bo‘lgan eʼtiborni yana-da kuchaytirishga qaratilgani bilan ahamiyatli.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?