date

Amerikaning GBU-39 SDB bombasi Eron harbiylari qo‘liga tushdi

Amerikaning GBU-39 SDB bombasi Eron harbiylari qo‘liga tushdi

Tasnim axborot agentligi xabar berishicha, Eronning Loriston viloyatida Amerikaning GBU-39 SDB turidagi yuqori aniqlikdagi aviatsiya bombasi portlamay qolgan holda topilgan va mamlakat harbiylari ixtiyoriga o‘tgan.

Ma’lum qilinishicha, mazkur o‘q-dori Loristonda joylashgan Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) bo‘linmasi tomonidan aniqlanib, mutaxassislar ishtirokida ehtiyotkorlik bilan zararsizlantirilgan. E’tiborlisi, bomba jiddiy shikastlanmagan holda saqlanib qolgani uni o‘rganish imkoniyatini yanada kengaytirmoqda.

Mutaxassislar fikricha, GBU-39 SDB kabi zamonaviy qurollar yuqori aniqlik, kompakt o‘lcham va zamonaviy yo‘naltirish tizimi bilan ajralib turadi. Shu bois, uning but holda qo‘lga kiritilishi Eron uchun texnik jihatdan muhim ma’lumot manbaiga aylanishi mumkin.

Xabarlarga ko‘ra, AQSH tomoni aynan shunday holatlardan xavotirda bo‘lib, zamonaviy qurol texnologiyalarining boshqa davlatlar qo‘liga o‘tishi ehtimolini jiddiy xavf sifatida baholaydi. Chunki bunday qurollarni o‘rganish orqali ularning ishlash tamoyili va zaif jihatlarini aniqlash imkoni paydo bo‘ladi.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar kutilmoqda. Vaziyat harbiy tahlilchilar tomonidan diqqat bilan kuzatilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Amerikaning GBU-39 SDB bombasi Eron harbiylari qo‘liga tushdi