Mo‘jtabo Xomanaiy: AQSh va Isroil tovon to‘lashi shart

Eron oliy rahbari Mo‘jtabo Xomanaiy AQSh va Isroildan mamlakatga yetkazilgan zararlar uchun tovon puli talab qilinishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron xalqiga qarshi amalga oshirilgan harakatlar javobsiz qolmaydi.
“Qahramon Eron xalqi ushbu hal qiluvchi urushda g‘alaba qozondi. Bugun Eron buyuk davlatga aylanish arafasida turibdi. Mamlakatimizga hujum qilgan tajovuzkorlar jazodan qochib qutulmaydi. Qo‘shnilarimiz to‘g‘ri yo‘lni tanlashi lozim, ular yolg‘on va’dalarga ishonmasligi kerak”, — dedi Xomanaiy.
Shuningdek, u Ho‘rmuz bo‘g‘ozi bo‘yicha yangi bosqich boshlanayotganini ham ta’kidladi. Uning aytishicha, bu hududdagi strategik boshqaruv Eron pozitsiyasini yanada kuchaytiradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing